Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida o‘g‘rilik qilgan erkak ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 21-fevral kuni erkak masjid kiyim ilgichida turgan kurtkadan shaxsiy hujjatlari va 170 ming so‘m pul bo‘lgan hamyonni olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)