Daryo

Toshkent viloyatida kanalga tushib ketgan Cobalt chiqarib olindi

Hodisaga haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan, hech kim tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish11 662 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati Bekobod shahrida 23-fevral kuni Cobalt kanalga tushib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati FVB axborot xizmati

Qayd etilishicha, “Qo‘qon” mahallasida harakatlanib ketayotgan Cobalt haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida “Do‘stlik” kanaliga tushib ketgan.

Foto: Toshkent viloyati FVB axborot xizmati

Bekobod shahri favqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqqan. Hodisa oqbatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar