Toshkent viloyati Toshkent tumanida 11-fevral kuni poyezd tagidan o‘tayotgan erkakning oyog‘i uzilib tushdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 83 yoshli fuqaro mast holatda to‘xtab turgan vagon ostidan o‘tmoqchi bo‘lganda poyezd harakatlana boshlagan. Uning qo‘lidagi hassa ham bo‘laklarga bo‘linib ketgan.
“Keles—Sariog‘och temir yo‘l liniyasida erkak kishi to‘xtab turgan poyezd tagidan o‘tmoqchi bo‘lganda vagon g‘ildiragi bosib o‘tib ketgan. Shifokorlar bilan gaplashganimizda, erkakning ahvoli yaxshi ekanini aytib o‘tishdi. Birinchi tez tibbiy yordam natijasida fuqaro sog‘lig‘i tiklanmoqda”, — deydi Saidakbar Nurmuhammedov.
Izoh (0)