“O‘zgidromet” dam olish kunlari harorat keskin pasayishidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 24-fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25—26-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
24-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘oldi va tog‘li hududlarning baʼzi joylarida kuchli bo‘ladi.
24—25-fevralda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
25—26-fevralda harorat kechalari 0-5 darajagacha sovuq, respublika shimolida 5-10 darajagacha sovuq bo‘lishi, kunduz kunlari harorat qisqa muddatga pasayib, 0-5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)