• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tibbiyot va sanitariya xodimlari qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi” — SES vabo kasalligi tarqalishi bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi

    Tengrinews 21-fevral kuni qo‘shni Qozog‘iston boshqa mamlakatlarda vabo tarqalayotgani sababli chegarada nazoratni kuchaytirgani haqida xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, kasallik asosan Suriya va Afrika mamlakatlarida aniqlanmoqda. Holat qanchalik xavfli? Vabo O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi? “Daryo” muxbiri Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromovdan respublikada kasallikni aniqlash va unga qarshi kurashish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha izoh oldi.

    Rustamjon Ikromovning aytishicha, mart—aprel oylarida tibbiyot va sanitariya xodimlari vabo profilaktikasi bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

    “O‘zbekistonda ham Qozog‘istondagi kabi tayyorgarlik ishlarini boshlash yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i asosida hududiy boshqarmalarga tegishli ko‘rsatma xati yubrildi. Joriy yilning mart—aprel oylarida respublikadagi tibbiyot xodimlari va chegara kesib o‘tish joylaridagi sanitariya nazorat punktlari xodimlari qo‘mitamizning hududlardagi mutaxassislari tomonidan qayta tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Xususan, tibbiyot xodimlari uchun seminarlar tashkil etilishi belgilangan. Darslarda yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha bilimlar beriladi. Xuddi shu kabi chegara o‘tish joylaridagi sanitariya nazorat punktlari mutaxassislari ham tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Yil davomida o‘ta xavfli kasalliklar, shu jumladan, davlat chegarasini kesib o‘tgan va vabo kasalligidan gumon qilingan fuqarolarga nisbatan epidemiologik choralar ko‘riladi”, — dedi u.

    Rustamjon Ikromov
    Foto:  “Daryo” 

    Rustamjon Ikromov vabo kasalligi va uning belgilari haqida ham gapirib berdi.

    “Vabo o‘tkir ichak yuqumli kasalligi hisoblanadi. U o‘ta xavfli bo‘lib, juda kuchli diareya holatiga olib keladi. Oqibatda inson organizmi suvsizlanadi va hayotiy organlar faoliyati buziladi. Bu o‘limga ham olib kelishi mumkin. Vaboning atrof-muhitda yashovchanligi mavjud va tez tarqalish ehtimoli bor. Shu sababli kasallikning oldini olish profilaktik yo‘nalishlardan biridir. Issiq iqlim kirib kelishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari isteʼmolining ko‘payishi vaboga chalinish ehtimolini orttiradi. Kasallikning asosiy belgilari: o‘tkir ichak yuqumli kasalliklari singari birdaniga ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi, qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq, ishtaha yo‘qolishi va qayt qilish. Kuchli diareya bilan kechadigan kasallikka chalingan har bir fuqaro vaboga tekshiriladi. Yaʼni laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi. Agar vabo aniqlansa, maxsus choralar ko‘riladi. Lekin bizda shu kungacha bunday holat yuz bermadi”, — dedi mutaxassis.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda vabo kasalligi oxirgi marta o‘tgan asrning 80-yillarida, Qoraqalpog‘iston hududida aniqlangan.

    23.02.2023, 19:32   Izoh (0)   11739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2022-yilda xalqaro yo‘nalishda 15 mingdan ziyod aviaparvoz amalga oshirildi

    23.02.2023, 19:16

    Missisipi shtati O‘zbekiston bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus rezolyutsiyani qabul qildi

    23.02.2023, 18:44

    Qarshida sotib olingan Cobalt’ning nuqsonlari chiqqani bois yangisiga almashtirib berildi

    23.02.2023, 18:16

    Shuhrat Aliyev Namangan IIBga boshliq etib tayinlandi

    23.02.2023, 17:50

    Qashqadaryoda hokim yordamchisi 160 mln so‘mdan ortiq kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi

    23.02.2023, 17:48

    Farg‘ona va Andijonda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi

    23.02.2023, 16:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.