Tojikistonda 23-fevral kuni soat 16:24 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, zilzila koordinatalari: 38,2 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 470 kilometr janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 264 kilometr.
- Andijon viloyatida 2 ball, 292 kilometr.
Izoh (0)