Daryo

Shuhrat Aliyev Namangan IIBga boshliq etib tayinlandi

Polkovnik bunga qadar Buxoro IIB rahbari lavozimida ishlagan

1 daqiqa o‘qish23 835 ko‘rishlar0 izoh1

Polkovnik Shuhrat Aliyev 23-fevral kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan Namangan viloyatida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Aliyev Shuhrat Hasanovich tayinlandi.

Viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqib, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida har bir tuman-shahar IIB boshliqlari va mazkur hududlarga biriktirilgan viloyat IIB rahbar xodimlari tomonidan mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududlarga aylantirish, aholini rozi qilish, ularning murojaatlari yechimiga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar