Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy zinapoyasi qulab tushgani xabar berilgandi. Maʼlum qilinishicha, mazkur voqea Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu massivda “Imarat qurilish konstruksiya” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish jarayonida besh qavatli turar joyning 1-podyezdidagi zinapoya qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan shaxslar bo‘lmagan.
“Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlariga kelib tushgan tezkor maʼlumotga ko‘ra, 2023-yilning 19-fevral kuni hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, tergovga qadar tekshirish harakatlariga kirishilgan. Hozirda binoning qurilish jarayonida qonunchilik talablariga rioya etilish holati yuzasidan qurilish ekspertizasi tayinlanib, tekshirish harakatlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi masʼullar izohida.
Qo‘shimcha qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.
Izoh (0)