Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xavfli harakatlar qilib, “avariya” holatini sodir etgan ikki haydovchi ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ikki Nexia-3 haydovchilari Bo‘stonliq tumanidan o‘tgan avtomobil yo‘lida turli xavfli harakatlar qilib, “avariya” holatini keltirib chiqargan. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari esa ularni aniqlab, tegishli tartibda chora ko‘rdi.
“19-fevral kuni Bo‘stonliq tumanida o‘rtoqlarim bilan toqqa chiqib ketayotgan edik. Yo‘lda har xil monyovrlar qilib, qolganlar hayotiga xavf solganim sababli uzr so‘rayman. Menga tegishli choralar ko‘rildi, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lab boraman”, — deydi ulardan biri.
Shuningdek, ikkinchi haydovchi ham aybiga iqrorligini, boshqa bunday bezorilik qilmasligini aytgan va barchadan uzr so‘ragan.
Izoh (0)