• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Baydenning Ukrainaga tashrifi qanday ahamiyatga ega? Jurnalist Navbahor Imomova bilan suhbat (video)

    20-fevral kuni AQSH prezidenti Jo Bayden kutilmagan tashrif bilan Ukrainaga bordi.. Bu voqea butun dunyoda muhokama qilinmoqda. “Daryo” muxbiri Bayden tashrifidan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida ayni paytda AQSHda bo‘lib turgan jurnalist, “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imomova bilan Zoom tarmog‘i orqali suhbatlashdi.

    Baydenning yashirin tarzda Ukrainaga borishi va mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi nimani anglatadi? Bu tashrif Rossiya-Ukraina urushida tub burilish yasashi mumkinmi?

    Dunyo bo‘ylab eʼtirof etilayotganidek, prezident Jo Baydenning safari Ukrainaga nisbatan tarixiy, ham maʼnan, ham siyosiy jihatdan misli ko‘rilmagan quvvatlovdir. Bu voqea Qo‘shma shtatlarda ham shunday baholanmoqda.

    Albatta, tanqidchilar ham bor. Qo‘shma shtatlar tashqi siyosatining ashaddiy tanqidchilari, qolaversa, Ukrainaga nisbatan harbiy yordam ko‘plarning nazarida noto‘g‘ri. Salbiy baholarni ham kuzatyapmiz. Lekin Amerika xalqi, ayniqsa, siyosiy doiralar, ham respublikachilar, ham demokratlar jarayonni ijobiy baholamoqda va tahlil qilmoqda.

    Prezidentning mojaro hududlariga safari odatda oxirgi vaziyatgacha sir tutiladi. Biz – Vashingtondagi media ahli prezident Bayden Ukrainaga borishi mumkinligini bilar edik. Buni Oq uy tasdiqlamay kelayotgandi. Baydenning Polshaga tashrifi ikki kun oldin maʼqullanganini eshitgandik. Shundan keyingi jarayonda ziyrak jurnalistlar mana shunday voqea bo‘lishini kutayotgandi.

    Safar tafsilotlariga to‘xtalsak, bu yerda maqsad ikkita. Birinchidan, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashini o‘sha yerdan turib bildirib qo‘yish. Hatto o‘q ovozlari, urush tovushi ostida bo‘lsa ham. Bu juda muhim timsoliy ahamiyatga ega. Yaʼni AQSH Ukraina hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini namoyon etdi.

    Ikkinchidan, tashrif amaliy ahamiyatga ega – yarim milliard dollarlik yangi yordam paketini eʼlon qilish. Jumladan, og‘ir qurollar, o‘q-dori bilan taʼminlashda yordam berilayotganini ko‘rsatib qo‘yish.

    Aytishim kerak, Amerika siyosiy rahbarlari orasida Baydenchalik Ukrainaga ko‘p borgan, Ukrainani ruhan quvvatlab kelayotgan liderlar yo‘q. Aniq bilamiz, prezident Bayden Ukrainani o‘ziga yaqin tutadi va unga mehri o‘zgacha.

    Navbahor Imomova
    Foto: “Daryo” 

    Bayden tashrifi chog‘ida AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamasligini aytdi. Amerikadagi ayrim faollar Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam berilishiga qarshi dedingiz. Ko‘pchilik norozi bo‘lsa, yordam to‘xtab qolishi ham mumkinmi? Urushni qachon tugashi mumkinligi bo‘yicha xalqaro ekspertlarda qanday prognozlar bor?

    Ko‘pchilik norozi deyishga bizda asos yo‘q. Amerikada ommaning fikr va qarashlari ommaviy so‘rovlarda tahlil qilib boriladi. Agar muxolifatning, yaʼni respublikachilar – prezident Baydenning ashaddiy tanqidchilarining fikriga quloq solsak, ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasligimiz kerak, demaydi. “Ukrainani quvvatlashimiz lozim, Rossiya agressor. U haqiqatan ham Ukraina hududini bosib olgan”, deb aytishadi. Lekin yordam qanday berilayotganiga qarshiliklar bor. Yaʼni Ukrainaga yordamlar shartsiz bo‘lmasligi kerak deyishadi. “Ukraina qaysidir jihatdan Qo‘shma shtatlarga boqimanda bo‘lib qolmasligi, qadamini o‘ylab bosishi, qo‘shnisi bilan kelishib olishga harakat qilishi, yetti o‘lchab bir kesishi zarur. G‘arbga suyanib olmasligi lozim. Dunyoning bu beqaror hududida bizga yana bir tobe davlat kerak emas, degan dashnomlar yangrab turadi. Norozilar deganda shularni nazarda tutyapman.

    Hozirda respublikachilar Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘ringa ega ekan, Baydenga Ukrainaga yordam takliflarini maʼqullatish oldingiga qaraganda qiyinlashgan. O‘tgan bir yil ichida demokratlar Vakillar palatasida hukmron edi. Bu ishlar tez-tez bitayotgandi. Hozirga kelib, Vakillar palatasi respublikachilar qo‘lida. Bu respublikachilarni ishontira olish uchun Oq uy endi ko‘proq ter to‘kishi kerak bo‘ladi, degani.

    Umuman olganda, Amerika ommasi orasida “biz Ukraina tarafdorimiz, Zelenskiyni quvvatlashimiz kerak. Rossiya birinchi navbatda, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan chiqib ketishi, mamlakat suvereniteti taʼminlanishi shart. Ikkinchi navbatda, Ukrainaning qayta tiklanishi uchun zarur yordamlarni berishimiz lozim”, degan qarash kuchli. Kuzatishimizcha, bu qarshilarga qaraganda ustunroq.

    AQSH siyosiy organlari, aynan Oq uy, Davlat departamenti, Pentagon va Kongress orasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha yakdillik bor.

    Hamkorlikda, bir davlatning boshqa davlatga yordam berishida manfaatlar bo‘lishi tabiiy. Amerika ommasida Ukrainaga berilayotgan yordamlar evaziga shartlar ham qo‘yilishi kerak, degan qarash ham borligini aytdingiz. AQSH Ukrainaga berayotgan harbiy yordam evaziga qanday shartlar qo‘ymoqda? Bu ham jamoatchilikka ochiqlanadimi?

    Bu shartlar ochiq. Yaʼni “Ukraina demokratik yo‘ldan qaytmasligi, hukumati hisobdor bo‘lishi kerak. Mamlakatda g‘arbga xos qarorlar qabul qilinishi lozim”, degan shartlar bor. Bu yerda Amerika siyosatchilari bizning manfaatlardan kelib chiqqan qarorlar qabul qil demaydi, lekin ularning nazarida Ukraina allaqachon shunday qarorlar qabul qila oladi. Ukraina g‘arbga intilmoqda. Eng muhimi, demokratik dunyoning ajralmas qismiga aylanish harakatida.

    Hozirgi Ukraina avtoritar siyosat va diktatura boshqaruvlariga qarshi. Atrofdagi davlatlardan farqli bir jamiyatga, bir tuzumga aylanmoqchi. Xususan, Rossiyadan farqli bo‘lishga urinyapti. Va Rossiyaning nazorati va bosimlaridan qutulishga harakat qilmoqda. Ukraina uzoq muddatda NATOga kirishi mumkin. Yaqin muddatda Yevropa ittifoqiga qo‘shilish uchun harakatlarini quvvatlashi kerak. NATO yaqin orada Shvetsiya va Finlyandiya hisobiga kengayar ekan, undan keyin Ukrainani olib kirish harakatlari bo‘ladi. Vashingtonda Ukraina tarafdorlari, siyosiy doiralar mana shunday targ‘ibot olib boradi.

    Yevropa va Rossiya orasidagi Ukrainadek davlatning liberallashuvi albatta, Amerika xavfsizligi uchun ham xizmat qiladi.

    Yana Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashish kuchayishi kerak, degan talablar bor. Ukrainani qayta qurish haqida ham gap ketmoqda, shunday rejalar mavjud. G‘arb bu yo‘lda yangicha “Jorj Marshall” rejasi bilan chiqadi. “Buni amalga oshirish uchun Ukraina yulg‘ichlikka qarshi kurashish kerak, tizim shaffoflanishi, inson huquqlari hurmat qilinishi, qonun ustuvor bo‘lishi kerak. Siyosiy organlar bir-biridan mustaqil bo‘lishi lozim. Bunda eng asosiy ishni Ukraina xalqining o‘zi qiladi. Biz Ukraina xalqini quvvatlaymiz. Bu yo‘lda biz aniq natijalar ko‘rishimiz kerak”, degan talablar bor. Bu shartlar har kuni yangramasa-da, lekin albatta bor.

    Hozir birinchi navbatda Ukrainani urushdan chiqarish haqida gapiriladi. Vashington urush qachon tugashini, qachon muzokara stoliga o‘tirib, kelishib olinishi mumkinligini Kiyevning o‘ziga havola qilgan. Ayni paytda Zelenskiy nima desa, Vashington qo‘llab-quvvatlayapti.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    20.02.2023, 23:58   Izoh (0)   18184
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyiga tashrif buyurdi

    20.02.2023, 22:57

    Ulug‘bek Egamov Farmatsevtika agentligi direktori etib tayinlandi

    20.02.2023, 22:12

    Firibgarlar PUBG o‘yinida kuchaytirilgan akkauntlarni savdoga qo‘yish orqali pul o‘g‘irlamoqda — Toshkent shahar IIBB

    20.02.2023, 21:59

    Shavkat Mirziyoyev Miqyosi Nil inshootini ko‘zdan kechirdi

    20.02.2023, 21:30

    “Aholi hanuzgacha tushunib yetgani yo‘q”. Toshkentda kiberjinoyatlar soni 2 yilda 40 baravarga ko‘paydi 

    20.02.2023, 21:15

    Shavkat Mirziyoyevning Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

    20.02.2023, 19:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.