Daryo

Jo Bayden Kiyevga keldi (foto, video)

AQSH prezidenti Jo Bayden Yevropaga tashrifi doirasida Kiyevga keldi

1 daqiqa o‘qish24 236 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Jo Bayden Yevropaga tashrifi doirasida Kiyevga keldi. Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.

Foto: “Ukraina seychas”

Amerika yetakchisini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birga Mixayliv soborida ko‘rishgan.

“Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, Bayden soborga urushda halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kelgan. Bu vaqtda Kiyevda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga yangradi.

Keyinroq Zelenskiy Baydenning tashrifini rasman tasdiqladi va amerikalik hamkasbi bilan tushgan suratni e’lon qildi.

Oq uy Bayden Zelenskiy bilan muzokaralar uchun Kiyevga tashrif buyurganini ma’lum qildi. Amerika rahbarining o‘zi esa Ukraina yangi 500 million dollarlik harbiy yordam olishini, bu haqda ertaga rasman e’lon qilinishini aytdi.

Baydenning Kiyevga tashrifi haqida oldindan e’lon qilinmagan. Oq uyning avvalgi xabarida Bayden 20—22-fevral kunlari Polshaga tashrif buyurib, u yerda mamlakat prezidenti Anjey Duda bilan uchrashishi haqida aytilgandi. Shuningdek, u Rossiyaning Ukrainadagi bosqiniga bir yil to‘lishi munosabati bilan nutq so‘zlashi aytilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar