Ukraina harbiy yordam doirasida Italiyadan yadroviy, biologik va kimyoviy qurollardan himoya vositalari so‘radi. Bu haqda 16-fevral kuni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadan so‘rov bir necha kun oldin kelgan. Krozetto so‘ralgan o‘q-dorilar navbatdagi harbiy yordam paketida Ukrainaga jo‘natilishini aytdi.
“Ukraina so‘nggi kunlarda Italiyadan yadroviy, biologik va kimyoviy qurollardan himoya vositalarini taqdim etishni so‘radi. Biz Ukrainaga fuqarolik yordami, generatorlar, ko‘rpa-to‘shaklar bilan birga ularni Kiyevga beramiz. Ular tanklarga qaraganda kamroq shov-shuvga, ammo ko‘proq tashvishga sabab bo‘lishi mumkin. Biz Ukrainaga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi oltinchi farmonni tasdiqladik, ularni Kiyevga jo‘natamiz”, — deya xulosa qildi Italiya Mudofaa vazirligi.
Yanvar oyi oxirida Italiya Mudofaa vazirligi rahbari Krozetto oddiy rossiyaliklarga nisbatan cheklovlarni yumshatishni taklif qilgandi. U G‘arb davlatlari Rossiyaning barcha fuqarolarini, istisnosiz, dushman deb bilsa, adashishini ta’kidlagan.
Izoh (0)