• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sovet-Afg‘on urushi: Ahmad Shoh Mas’ud sovet qo‘shinlariga qarshi qanday kurashgan?

    Sovet qo‘shinlari 1989-yil 15-fevralda Boris Gromov qo‘mondonligi ostida Afg‘onistondan chiqib ketdi. Panjshir Province Sovet Ittifoqi ishg‘oliga qarshi kurashgan qo‘mondon Ahmad Shoh Mas’ud haqida sana munosabati bilan videomaterial e’lon qildi. “Daryo” nashri quyida ushbu videomaterialning tarjimasini taqdim etadi.

    Ahmad Shoh Mas’ud mujohid jangchilari guruhiga boshchilik qilgan.
    Foto: Sandy Gall 

    1989-yil 15-fevralda so‘nggi sovet askari Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara ko‘prigidan o‘tib, sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondagi to‘qqiz yillik mavjudligiga chek qo‘ydi. Jalolobodda rejim barcha kuchlarini shaharni himoya qilish va ta’minlashga qaratgan. Afg‘on mujohidlari (sovet-afg'on urushi paytida Sovet Ittifoqiga qarshi kurashgan turli qurolli guruhlar) buzg‘unchilik hujumlarini amalga oshirishi, hatto ikkinchi frontni ochishi kerak edi. Ammo Kobulga hujum qilish uchun mukammal holatda bo‘lgan qo‘mondon, mujohidlar rahbari Ahmad Shoh Mas’ud hech qachon bunday qilmagan. U Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi katta hududni nazorat qilgan.

    Mas’ud Taxar viloyatida mahalliy mujohidlarni tayyorlamoqda, 1986-yil
    Foto: Sandy Gall

    Mas’ud nazoratidagi Panjsher vodiysida Sovet Ittifoqining yirik hujumlariga qarshi to‘qqizta jang bo‘lib o‘tgan. Mas’ud armiyasi urushda sovet qo‘shinlariga munosib talafotlar yetkazgan. Aprel oyi boshida, afg‘onlar ruslar ustidan erishilgan yakuniy g‘alabani nishonlash uchun birinchi buzkashi (ko‘pkari) o‘yinini o‘tkazgan. 

    Illyustrativ foto: AFP

    Ahmad Shoh Mas’ud 30 yoshdagi o‘ychan, o‘qimishli odam bo‘lgan. Lekin u ko‘pchilik afg‘onlar kabi pushtun emas, tojik edi. Shuning uchun muvaqqat hukumat uni rad etgan. U Pokistondan qurol-aslaha olib turgan va Jalolobod haqida birinchi marta BBC orqali eshitgan.

    “Bizda yagona qo‘mondonlik yo‘qligining zarari ko‘rinib turdi. Koordinatsiya yetishmasligi turli jabhalarda bir vaqtda hujumlarni boshlamasligimizni anglatadi. Natijada hukumat o‘z resurslarini jamlab, bizni birma-bir otib tashlashi mumkin. Jalolobodda aynan shunday bo‘ldi”, — degan Mas’ud.

    Foto: Internet Archive

    Mas’udning odamlari Sovet Ittifoqiga olib boradigan, Kobulning omon qolish kaliti bo‘lgan Salang magistral yo‘lini kuzatdi. Ular o‘n yil davomida undan foydalangan sovet transport vositalarini pistirmaga oldi. Ammo ruslar Afg‘onistonni tark etgach, Mas’ud bu yo‘l orqali oziq-ovqat ta’minoti Kobulga zararsiz yetkazilishiga ruxsat berdi. Mas’udning urushi tinch aholi bilan emasdi, balki Salang yo‘lida hujum qilish usullari va vositalari borligini isbotlash edi. Uning odamlari Salang magistral yo‘lini kuzatishi uchun yo‘l chetiga olib chiqilgan.

    Foto: Wikimedia

    Ular yashiringan joylarida o‘tirib, yo‘ldan nimalar o‘tayotganini kuzatgan. Birgina yaxshi nishonga oladigan raketa tankni va undagi barchani yo‘q qila olardi. Yuz metr naridagi hukumat postidagi askarlar ham kuzatuv ostida ekanini bilmagan. Mas’udning odamlari bunday narsalarni o‘zlarining tabiiy o‘ljalari deb bilgan. Mas’ud nazarida Kobulni egallashning eng yaxshi yo‘li xalqni o‘z tomonida tutishdir.

    “Biz Kobuldagi oddiy odamlar oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekishini istamaymiz. To‘g‘ri rejalashtirilgan, muvofiqlashtirilgan hujumga qarshi boshlanmaguncha, oziq-ovqat ta’minotini to‘xtatmaymiz”, — degan Mas’ud.

    History

    On February 15, 1989
    The last Soviet soldier crossed the border bridge between #Afghanistan and Uzbekistan, ending the nine-year presence of Soviet forces in Afghanistan. pic.twitter.com/XmGcMoYdSr

    — Panjshir_Province (@PanjshirProvin1) February 14, 2023

    Jaloloboddagi ba’zi mujohid kuchlaridan farqli o‘laroq, Mas’ud o‘z mahbuslariga yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ammo uning izdoshlari har bir mahbusni tekshirishni so‘ragan. Mas’udning insonparvar yondashuvi Pokistondagi Peshovarda ham qadrlanmagan.

    “U ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi, masalan, Rossiya bilan sulh bitimi. Hech bir qo‘mondon bunday xatoga yo‘l qo‘ymagan. U Kobul rejimi bilan yana bir yashirin kelishuvga erishdi. Kobul rejimiga qarshi kurashish o‘rniga u o‘z qo‘shinlarini shimolga yubordi”, — degan afg‘onistonlik siyosatchi, mujohidin Gulbiddin Hikmatyor. 

    Iyul oyiga kelib Hikmatyor va Mas’ud o‘rtasidagi nizo yanada chuqurlashadi. Mas’udning bir guruh yuqori martabali kishilari pistirmaga tushadi, oqibatda ularning 30 nafari vafot etadi. Omon qolganlar pistirmada halok bo‘lganlar omadli bo‘lganini aytgan.

    “Qo‘mondonlarning ko‘zlari o‘yilgandi. Keyin burun va quloqlarini kesib tashlashgan. Shundan so‘ng ularning qorinlarini ochib, barcha a’zolari sindirishgan. Ular uzoq vaqt qiynoqqa solingan. Ularning o‘limiga ko‘p vaqt kerak bo‘lgan”, — degan voqea guvohlaridan biri.

    Mas’ud qotillarni topish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishni buyurgan, lekin jarayonni suratga olish uchun odamlariga ergashishga ruxsat bermagan.

    Foto: Getty Images

    “Bularning barchasini amalga oshirgan insonlar rahbariyat bilan yaqin aloqada ekaniga shubha yo‘q. Hikmatyor odamlariga birlashgan front bo‘lmasa, muvaffaqiyatga erisha olmasligimizni aytdim. Biz bunaqada Afg‘onistonda hech narsaga erisha olmaymiz”, — degan edi Mas’ud.

    Uning odamlari pistirma sababchilarini, jumladan, Hikmatyorning bosh qo‘mondonlaridan biri Said Jamolni ham qo‘lga oladi. Shundan so‘ng Hikmatyor muvaqqat hukumat tarkibini tark etadi. Mas’ud esa Peshovardagi odamlarga qotillarni sud qilishiga ruxsat berdi.

    “Peshovardagi siyosatchilarimizga kelsak, shuni ta’kidlashim kerakki, ular Kobul hukumatini qanday ag‘darish haqida kam o‘ylagan va buning o‘rniga o‘z kuchlarini boshqa ishlarga sarflagan. Agar ular rejimni mag‘lub etish haqida o‘ylasa, muammolarimiz unchalik katta bo‘lmasdi”, — degan Mas’ud.

    16.02.2023, 18:55   Izoh (0)   14715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Yevropa bilan gaz urushida yutqazdi — Politico

    16.02.2023, 18:15

    Olimlar cho‘kib ketgan “Titanik” kemasining yangi kadrlarini namoyish qildi — video

    16.02.2023, 17:30

    Turkiyada zilzila sabab prezidentlik saylovlari olti oyga qoldirilishi mumkin — OAV

    16.02.2023, 17:15

    Britaniya Ukraina harbiylariga NATO armiyasiga xos tarzda snaryadlarni tejashni o‘rgatmoqda

    16.02.2023, 15:52

    Lukashenko qanday holatda Ukrainaga qarshi urushga qo‘shilishini aytdi

    16.02.2023, 15:23

    Tojikistonda qor ko‘chkisi qurbonlari 15 kishiga yetdi, o‘nlab uylarni qor bosdi (video)

    16.02.2023, 13:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.