O‘zbekistonda 2022-yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2 726,0 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yilgi go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichi 2021-yilga nisbatan 103,4 foizni tashkil etdi.
Yetishtirilgan go‘shtning umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
- 87,9 foizi – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga;
- 5,8 foizi – fermer xo‘jaliklariga;
- 6,3 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar.
Ma’lumot o‘rnida, 2022-yilning 10 oyi holatiga ko‘ra, Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga 500 tonna go‘sht va sut mahsulotlari eksport qilgandi. Kelgusida go‘sht eksporti hajmi oshishi ta’kidlangan
Izoh (0)