• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qishloqda bir kun: “Nemis, ispan, rumin va polyaklarni rom qilgan G‘elon”

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi G‘elon qishlog‘i nafaqat mahalliy sayyohlarni, xorijlik, xususan, Germaniya, Shvetsariya, Ispaniya, Ruminiya, Polsha kabi davlatlardan kelgan mehmonlarni ham o‘ziga rom etgan.

    “Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Murodjon Amirov ushbu ertaknamo qishloqda bo‘lib, qishloq hayotini tasvirga oldi.

    Qariyb ikki ming yillik tarixga ega G‘elon qishlog‘i Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi besh ming nafardan ziyod ushbu qishloqda asosan Niva avtomobilidan foydalaniladi. Bu qishloqqa borish uchun ham faqat Nivadan foydalanish maqsadga muvofiq.

    G‘elonda qish nafasi ufurib tursa-da, hayot qaynaydi. Har kim o‘z yumushi bilan mashg‘ul. Kimdir buloqdan suv tashisa, yana boshqasi temirchilik yoki musiqa asboblarini yasash bilan band.

    Ko‘chalarni kezar ekansiz, maktabdan qaytayotgan bolalar, yo‘llarni qordan tozalash uchun maxsus texnikani ko‘zdan kechirayotgan kishi hamda qariyb 30 santimetrlik qorda ham harakatlanayotgan mashinalarga ko‘zingiz tushadi.

    Temirchi usta Rahmonqul Rasulovning aytishicha, unga temirchilik bobolaridan meʼros qolgan.

    Rahmonqul Rasulov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Bu kasb bilan 40 yildan beri shug‘ullanaman. Qish paytida ketmon, o‘roq kabi ish qurollari yasayman. Bahorda dehqonchilik qilaman. Bitta men emas ko‘pchilik dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Temirchilik kasbi menga ota-bobolarimdan qolgan meros. Ushbu kasbni davom ettirayotgan to‘rtinchi avlodman”, — deydi Rahmonqul Rasulov.

    Havo sovuq va u yerda qalin qor bo‘lishiga qaramasdan insonlar ko‘zidagi mehr barchasini tezda ilitadi. Ahyon-ahyonda itlarning qor yanchib harakatlanayotgani, mashinalar ovozini eshitish mumkin.

    Sakson yoshni qoralagan Ro‘ziboy Mutailloyevning bardamligini ko‘rib bu yerning odamlari qarimas ekan degan fikr uyg‘onadi kishida.

    Ro‘ziboy Mutailloyev.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Cholg‘u asboblarini asosan tut daraxtidan yasayman. Bularda ishlatiladigan maxsus pardalar esa molning yuragidan tayyorlanadi. Musiqa asboblarini yasasam-da, ammo ovozlarini moslashni tushunmayman. Shu qishloqda yashaydigan nafaqadagi o‘qituvchi bilan ovozlarini moslaymiz. Bitta musiqa asbobini yasash uchun kamida yigirma kun vaqt sarflayman”, — deydi usta Ro‘ziboy Mutailloyev.

    Mahalliy aholi qishloq paydo bo‘lganidan beri suvi kamaysa ham umuman qurimaydigan tarixiy buloqdan suv ichadi.

    Shu qishloqda yashovchi rassom Muhammadi Chorshanbiyevning qishloq manzalaridan ilhomlanib chizgan suratlari xonadonidagi muzeyda saqlanadi. Rassom suratlari orasida 500 ming so‘mdan 7000 dollargacha baholanadigan asarlar bor. Sanʼat asarlarini yaratishini otasidan o‘rgangan Ayub Chorshanbiyev ham bir nechta durdonalar yaratgan.

    Muhammadi Chorshanbiyev.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Yog‘ochlarga go‘yoki jon kirguzuvchi 66 yoshni qarshilagan usta duradgor Nasrullo Jumayev esa yog‘ochlardan har xil sovg‘alar, qariyalar uchun hassalar yasashni harbiy xizmat o‘tayotgan paytlarida boshlagan.

    Nasrullo Jumayev.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Harbiy xizmatni o‘tayotgan paytimda yog‘ochdan ilon va shunga o‘xshash narsalar yasadim. Bu yerga kelib o‘n yilcha cho‘ponlik bilan shug‘ullandim. O‘ttiz ikki yil pochta aloqa tarmog‘ida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishladim. Nafaqaga chiqqanimdan keyin yana shu kasb bilan shug‘ullana boshladim. Bu narsalarni sotish uchun emas, o‘zimdan esdalik qoldirish uchun yasayman”, — deydi Nasrullo Jumayev.

    Taʼkidlanishicha, ushbu qishloqda sayyohlarga turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘ndan oshiq mehmon uylari mavjud. Qishloq ayollari esa chet davlatdan kelgan mehmonlarga o‘zlari tayyorlagan maʼzali taomlarini tortiq qiladi.

    Issiq tandir bag‘riga kirib non yopayotgan Fayziniso opaning aytishicha, uning uyiga har yili yoz oylarida Germaniya, Shvetsariya, Ispaniya, Ruminiya, Polsha kabi davlatlardan mehmonlar tashrif buyuradi.

    “Men ham uyimda ko‘plab sayyohlarni mehmon qilaman. Chet ellik sayyohlar g‘elonliklar tayyorlagan shirin ovqatlar, bog‘larida yetishtirgan noz-u neʼmatlar va qishloq manzarasiga oshiq bo‘ladi”, — deydi Fayziniso Ahadova.

    Mahalliy aholining aytishiga qaraganda, Iskandar Zulqarnayn davrida ham bu qishloqda odamlar yashagan.

    Rahimqul Nuraliyev.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Qishloq aholisi hududdagi chuqurlikdan ko‘zaga solingan odam suyaklarini ham topgan. Qishloqda ikkita qalʼa bor. Bobolarimizning aytishicha, bu qalʼalarda qorovullar qishloq aholisini g‘animlardan himoya qilgan. G‘elon nomi esa ikki maʼnoni bildiradi. Birinchisi hunarmand hamda donishmandlari o‘zidan chiqqan degan maʼno bo‘lsa, ikkinchisi tog‘dan katta toshlar yumalab tushgan degan maʼnoni bildiradi. Qadimda qishloq ustiga tepaliklardan tosh yumalab tushgan”, — deydi g‘elonlik o‘qituvchi Rahimqul Nuraliyev.

    Tog‘-u toshlar orasida, go‘yoki odam oyog‘i yetmaydigan bu qishloq bu yerga kelgan odamni yana bag‘riga chorlayveradi.

    12.02.2023, 20:05   Izoh (0)   14754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Amirov To'xtamurod

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTM faoliyati tugatilishi mumkin

    12.02.2023, 16:37

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi? 

    12.02.2023, 15:51

    “Islohot va tizim ishlayapti, undan to‘g‘ri foydalanishni bilsak bo‘ldi”. Prezident bilan suhbatlashgan jizzaxlik tadbirkor 

    12.02.2023, 15:27

    Amudaryo suvi 2050-yilgacha 15 foizgacha kamayishi mumkin

    12.02.2023, 15:08

    Qashqadaryoda tuman hokimligi xodimi qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m pora olayotganida ushlandi (video) 

    12.02.2023, 13:05

    “Chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq holatlar yildan yilga qisqarib bormoqda”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Andijon viloyati misolida o‘rgandi 

    12.02.2023, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.