• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biri bino qulaganida, ikkinchisi yuragi dosh bermay olamdan o‘tgan”. Zilzilada halok bo‘lgan namanganlik ayollarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

    Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lgan namanganlik ikki ayolning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev marhumalardan birining dafn marosimida ishtirok etdi.

    “Zilzila payti qaramog‘idagilarni tashlab ketmagan”

    Chortoq tumanining “Nurafshon” mahallasida istiqomat qilgan Mashhura Nurmatova 2023-yilning 14-yanvar kuni Turkiyaga ketgan va u yerda keksa er-xotinning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan. 6-fevral kuni u bilan aloqa uzilgan. Uni o‘sha yerda tanigan-bilgan o‘zbekistonlik ayollar Mashhura Qahramonmarashdagi zilzila oqibatida halok bo‘lgani haqida yaqinlariga xabar bergan.

    Shundan so‘ng uning ukasi Nizomjon Turkiyaga otlangan va 11-fevral kuni opasining jasadini Istanbul—Farg‘ona aviareysi bilan O‘zbekistonga olib kelgan. Bugun, 12-fevral kuni marhuma Chortoqdagi mahalliy qabristonda dafn etildi.

    Yaqinlarining aytishicha, marhumaning jasadi 4 qavatli bino vayronlari ostidan, o‘zi ishlayotgan uydagi er-xotin jasadi bilan yonma-yon topilgan. Bu uning zilzila payti qaramog‘idagilarni tashlab ketmagani, falokatdan qutqarishga harakat qilganidan dalolat beradi.

    Qirq yoshni qarshilagan Mashhura Nurmatova turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng 13 va 14 yoshdagi ikki qizini tarbiyalab kelayotgandi. Uning dafn marosimida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Dinara Yoqubova, Chortoq tumani hokimi Anvar Otaxo‘jayev ishtirok etdi. Ular marhumaning yaqinlariga hamdardlik izhor etib, bu oilaga ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

    “Falokatdan sog‘-omon chiqqandi”

    Norin tumanidagi “Boyovul” mahallasida istiqomat qilgan 45 yashar Barchinoy Mirzayeva 2022-yil noyabrida Turkiyaga yo‘l olgan va Shonliurfa shahrida keksa ayolga qarov bilan mashg‘ul bo‘lgan. Yaqinlarining bildirishicha, u 6-fevral kuni ro‘y bergan zilziladan sog‘-omon chiqqan, biroq o‘zi ishlayotgan xonadon vakillari bilan mashinada ketayotgan payt zilziladan qulayotgan uylarni ko‘rib yuragi dosh bermagan va shu yerdagi kasalxonada vafot etgan. Uning avvaldan yuragi zaif bo‘lgani aytilmoqda.

    Barchinoy Mirzayeva ham 18 yashar talaba qizini yolg‘iz voyaga yetkazayotgan edi. Marhumaning dafn marosimi ertaga, 13-fevral kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan mahallada bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

    “Ortda qolgan farzandlar uchun biz ham masʼulmiz”

    Viloyat hokimi o‘rinbosari Dinara Yoqubovaning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, bugungi kunda 4,5 mingdan ortiq namanganlik ayol turli sabablar bilan chet davlatlarda bo‘lib turibdi. Ular ish, o‘qish, davolanish va oilaviy sharoit tufayli xorijga chiqib ketgan bo‘lib, 2022-yilning o‘zida 2132 nafar ayol uyga qaytib kelgan.

    Dinara Yoqubova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Ularga imkon qadar ish topib berishga harakat qilyapmiz. Viloyatda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlangani, sanoat zonalari barqaror faoliyat olib borayotgani, ayollarimizning aksariyati uy sharoitida ham hunar bilan shug‘ullanishga uquvli ekanligi bu borada bizga qo‘l kelmoqda. Joriy yilning o‘zida 58 mingdan ortiq xotin-qizlarning bandligini taʼminlash belgilangan, ularning salmoqli qismini xorijdan qaytgan ayollar tashkil etadi.

    Marhuma ayollarimizning qismati nafaqat ularning oilalari va yaqinlari, balki biz uchun ham chinakam fojia. Chunki ularning ortida guldek farzandlari qoldi. Endi ularning voyaga yetishi, taʼlim-tarbiyasi uchun biz ham birdek masʼulmiz”, — deydi Dinara Yoqubova.

    12.02.2023, 23:50   Izoh (0)   27134
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Azizbek Abduvaliyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning aksariyat hududlari metro qurilishi sababli vaqtinchalik suv ta’minotidan uziladi

    12.02.2023, 22:49

    O‘zbekistonda intizomsiz soliq to‘lovchilar bilan tajriba o‘tkaziladi

    12.02.2023, 20:40

    Qishloqda bir kun: “Nemis, ispan, rumin va polyaklarni rom qilgan G‘elon” 

    12.02.2023, 20:05

    O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTM faoliyati tugatilishi mumkin

    12.02.2023, 16:37

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi? 

    12.02.2023, 15:51

    “Islohot va tizim ishlayapti, undan to‘g‘ri foydalanishni bilsak bo‘ldi”. Prezident bilan suhbatlashgan jizzaxlik tadbirkor 

    12.02.2023, 15:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.