Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 10-fevral kuni Spark piyodani urib yubordi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 17:00 da 2002-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. boshqaruvidagi Spark Mustaqillik shohko‘chasida yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Buning oqibatida piyoda olgan jarohatlari bilan RSHTYIM filialiga qo‘shma shikastlanish, 3–bo‘yin umurtqasi yopiq sinishi kabi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)