Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlangan o‘zbek oilasining 5 nafar a’zosi 11-fevral kuni O‘zbekistonga yuborildi. Bu haqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Malatya shahridan evakuatsiya qilingan oilaga Bosh konsulxonaning tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan aviachiptalar xarid qilingan.
Bundan tashqari, 11-fevral kuni Turkiyadagi zilzila natijasida Hatay shahrida vafot etgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 56 yoshli U.H.ning jasadi Istanbul aeroportidan Farg‘ona shahriga yuborilgan.
Izoh (0)