O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar oyida 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 4 242 nafarga (5,9 foizga) oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida uch egizak tug‘ildi.
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 million 24 ming 946 kishini tashkil etgan. Yillar kesimida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 100 yil ichida 32 millionga ko‘payganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)