Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 9-fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, To‘rtko‘l tumanida yong‘in bo‘layotgani bo‘yicha xabar tarqalgan. Xabar bo‘yicha FVBning To‘rtko‘l tumani bo‘limi xodimlari voqea joyiga borib, olovni bartaraf qilgan.
Yong‘inning yuzaga kelishi Amudaryo daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in yuzaga kelishi sabab bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan.
Izoh (0)