Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas.
Respublika bo‘yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi.
“Fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)