O‘zbekistonda 2022-yilda 45 300 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, jami 40 milliard so‘m ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar summalari hisoblandi.
Ekologik nazorat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 1409 ta holat bo‘yicha 5,8 mlrd so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish va qonuniy chora ko‘rish yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi. 36 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Huquqbuzarlardan 300 dan ortiq hayvonot dunyosi obyektlari, 6442 kg dorivor, texnik va ozuqabop o‘simliklar, 2433 kg baliq mahsulotlari, 550 dan ziyod inventarlar belgilangan tartibda olib qo‘yilgan. 446 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 379 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 437,8 million so‘m jarima summasi qo‘llanilgan.
Hududlarda noqonuniy tarzda daraxt va butalarni kesish bilan bog‘liq 4 673 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, 7 mlrd so‘mdan ziyod jarima hamda 10 mlrd so‘mdan ziyod tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Bu ko‘rsatkichlarning aksariyat qismi asosan Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh (0)