Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasining 100 yillik demografik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 million 24 ming 946 kishini tashkil etgan.
Yillar kesimida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni quyidagicha ko‘rinish olgan:
- 1920-yil – 4,4 million kishi;
- 1930-yil – 4,9 million kishi;
- 1940-yil – 6,6 million kishi;
- 1950-yil – 6,2 million kishi;
- 1960-yil – 8,4 million kishi;
- 1970-yil – 11,8 million kishi;
- 1980-yil – 15,8 million kishi;
- 1990-yil – 20,2 million kishi;
- 2000-yil – 24,5 million kishi;
- 2010-yil – 28 million kishi;
- 2020-yil – 33,9 million kishi.