“Ayntraxt” va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Randal Kolo-Muani yozda jamoani tark etishi mumkin.
L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga “Bavariya”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda.
Dastlab nemis jamoasi hujumchi uchun 80 million yevro olishga umid qilayotgandi, biroq fransuzning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab 100 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Qayd etilishicha, “Ayntraxt” Chempionlar Ligasi o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarni egallamasa, Kolo-Muani jamoani tark etadi.
Randal 2022-yil yozida erkin agent sifatida nemis klubiga qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo‘ljallangan. Kolo-Muani joriy mavsum “Ayntraxt” safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)