Jaloliddin Masharipov Ronalduning sardor bo‘lgani haqida: Sobiq sardorimiz bog‘ichni mamnuniyat bilan topshirdi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas
“An-Nassr” futbolchisi Jaloliddin Masharipov Krishtianu Ronalduning jamoa sardori bo‘lgani haqida gapirdi.

“Jamoadan kimdir Ronalduga sardorlik qilsa, g‘alati ko‘rinardi. Shunday bo‘lishini kutgandik.
Sobiq sardorimiz mamnunlik bilan Krishtianuga bog‘ichni topshirdi. Hech qanday muammo yo‘q. Menimcha, bu to‘g‘ri yechim. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas”, — deydi o‘zbekistonlik futbolchi.
Krishtianu Ronaldu Saudiya klubida 3 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, bitta golga mualliflik qildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar