“Atletiko” futbolchisi Yannik Ferreyra Karrasko “Barselona”ga o‘tsa, Ansu Fati kataloniyaliklar safini tark etadi.
Jurnalist Fabrisio Romaning xabar berishicha, Kataloniya klubi Memfis Depayning transferi bo‘yicha kelishuvda ko‘rsatilgan Karraskoni “Atletiko”dan imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanish yoki foydalanmaslik bo‘yicha bir qarorga kelmagan.
Agar “Barselona” ushbu imkoniyatdan foydalansa, Ansu Fati klubdan ketishiga to‘g‘ri keladi.
Ayni damda “Bavariya” tomonidan Fatiga qiziqish bo‘lmagan. “Manchester Yunayted” ham futbolchi bo‘yicha aloqaga chiqmagan. Biroq klublar o‘rtasidagi yaxshi aloqalar vaziyatga ta’sir etishi mumkin.
Yozda “Barselona” bir nechta futbolchisini qo‘yib yuborishi talab etiladi. Ansu ham ushbu ro‘yxatdan joy olishi mumkin.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum “Barselona”ning barcha musobaqalardagi 30 ta o‘yinida ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)