Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tottenhem” darvozaboni Ugo Lyoris “Manchester Siti”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

Foto: Getty Images

36 yoshli posbon dastlabki tekshiruvlaridan so‘ng mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi taxmin qilingandi, biroq “shporlar” Lyorisning 6-8 haftada safga qaytishiga umid qilmoqda. Fransuz hozirda tibbiy tekshiruvlardan o‘tishni davom ettirmoqda.

Shu tariqa Ugo Chempionlar Ligasi pley-offning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. “Tottenhem” “Milan”ga qarshi 1/8 final o‘yinini 14-fevral kuni o‘tkazadi. Javob uchrashuvi esa 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Lyoris joriy mavsum APLda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol o‘tkazib yuborgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi