• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tinch okeani floti admirallari umriga zomin bo‘lgan aviahalokat, 551 serb bolalarining qirg‘ini va Florensiyada gulxanga tashlangan san’at asarlari. Kun xronologiyasida 7-fevral

    7-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Tinch okeani floti admirallari umriga zomin bo‘lgan aviahalokat, 551 serb bolalarining qirg‘ini hamda Florensiyada gulxanga tashlangan san’at asarlariga oid faktlar o‘rin olgan.

    13 admiral va 3 general umriga zomin bo‘lgan aviahalokat

    1981-yil 7-fevral kuni yuz bergan aviahalokat oqibatida Tinch okeani floti qo‘mondonligining deyarli barcha rahbariyati halok bo‘lgandi. “Tu-104” samolyotining qulashi oqibatida 13 nafar admiral va uch nafar general, 11 nafar birinchi rang kapitani va bitta polkovnik, shuningdek, Primorskiy o‘lkasi partiya qo‘mitasi birinchi kotibining rafiqasi halok bo‘lgan. Fojia rasman bortga ortiqcha yuk ortilgani sabab kelib chiqqani aytilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    1981-yil yanvar oxiri — fevral boshlarida SSSR Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Sergey Gorshkovning tashabbusi bilan rahbariy tarkibning tezkor-safarbarlik yig‘ini tashkil etilgan. Qo‘mondonlik-shtab harbiy o‘quvlarida eng yaxshi natijani Tinch okeani floti (TOF) vakillari ko‘rsatgan. Yig‘in yakunlangach, barcha flotlar delegatsiyalari Leningrad yaqinidagi “Pushkin” harbiy aerodromidan o‘zlarining xizmat joylariga yo‘l olgan.

    7-fevral kuni soat 16:00 atrofida TOF qo‘mondonligi kelgan “Tu-104” ekipaji parvozga shaylangan. Bortga qo‘mondonning shaxsan o‘zi admiral Emil Spiridonov rafiqasi Valentina bilan birga, TOF Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Georgiy Pavlov, TOF suv osti kemalari eskadrasi komandiri Viktor Maxlay, razvedka boshlig‘i Gennadiy Leonov, TOF shtabi boshlig‘i Stepan Danilko va boshqa yuqori martabali amaldorlar chiqqan. Ular oraliq qo‘nishlar bilan birga Vladivostokka qadar uchishi kerak edi.

    Samolyotni TOF Harbiy-havo kuchlari 25-aviatsiya diviziyasi boshqarmasi otryadi komandiri tajribali Anatoliy Inyushin boshqargan — u 50 yoshda bo‘lib, 8150 soat, “Tu-104”ning o‘zida esa 5730 soat parvoz qilgandi.

    Kuchli qor yog‘ar, uchuvchilar uchun ko‘ruvchanlik yomonlashgan edi. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan belgilangan tezlikdan 25 kilometr/soat kamroq tezlikda havoga ko‘tarilgan. Sakkiz soniyadan keyin “Tu-104” 50 metr balandlikda keskin chapga og‘a boshlagan, ag‘darilgan va aerodromdan 500 metr nariga borib qulagan. Samolyot bakida bo‘lgan 20 tonna yonilg‘i bir zumda portlagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Hodisa joyida ekipajning 6 a’zosi va 43 yo‘lovchi halok bo‘lgan, faqatgina katta texnik Velentin Zubarev uchuvchilar kabinasidan qorga uchib chiqib ketgani uchun omon qolgan. Biroq uning ham shifoxonaga olib ketishayotganlarida joni uzilgan.

    Fojia oqibatida 13 admiral va uch general halok bo‘lgandi — taqqoslash uchun, Ikkinchi jahon urushida sovet floti faqat to‘rt admiralidan ayrilgan. “Pushkin” aerodromidan Tinch okeani flotidan keyin Boliq floti uchishi kerak edi. Ular samolyot halokatga uchragan joyga yugurgan, ammo kuchli yong‘in sabab unga yaqinlashib bo‘lmasdi — olov bir soatga yaqin yonishni davom etgan.

    Holat yuzasidan tergov harakatlari yarim yilga yaqin davom etgan. Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy versiyasiga ko‘ra, samolyot yuklarni qotirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgani hamda yo‘lovchilarning salonga noto‘g‘ri joylashtirilishi oqibatida qulab tushgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Turli manbalarda keltirilishicha, u vaqtda qog‘oz rulonlar va mebel garnituralari taqich bo‘lgani sabab harbiylar uni Leningraddan xarid qilgandi. Aniqlanishicha, “Tu-104”ga yuk ortish va yo‘lovchilarni chiqarish rejasiz amalga oshirilgan va kerakli hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Samolyot maksimal 74,5 ming kilogramm og‘irlikda parvoz qila olgan bo‘lsa, halokat vaqtida u 77 ming kilogrammni tashkil etgan.

    Halokatga oid ma’lumotlar uzoq vaqt maxfiyligicha qolgan. Faqat “Krasnaya Zvezda” va “Pravda” gazetalari “Tinch okean flotining bir guruh admirallar, generallar, ofitserlar, michmanlari, praporshik, matros va dengizchilari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida aviatsiya halokatiga uchragani” haqida qisqa xabar yozgan xolos.

    Mazkur fojiadan keyin samolyot “Tu-104” harbiylar tomonidan ekspluatatsiyadan chiqarilgan. Fuqarolik aviatsiyasi esa undan 1979-yildan beri foydalanmay kelayotgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Halok bo‘lganlarning aksariyati Leningraddagi Serafimov qabristoniga dafn etilgan. SSSR Vazirlar kengashinign qarori bilan marhum dengizchilarning bevalari va bolalariga pensiya tayinlangan. Ular mamlakatning turli shaharlida uy-joy bilan ta’minlangan.

    551 nafar serb bolalarining o‘ldirilishi

    1942-yil 7-fevral kuni “Drakulich” qishlog‘ida qirg‘in sodir bo‘lgandi — u Xorvat millatchi isyonchilari harakati a’zolari tomonidan serb tinch aholisining bir vaqtda o‘ldirilishi bilan bog‘liq eng dahshatli voqea hisoblanadi. Mazkur voqea “Drakulich”, “Shargovas”, “Motike” qishloqlarida hamda “Rakovas” shaxtasida yuz bergan — hozirda ushbu hududlar Bosniya va Gerеsogovinaning Banya-Luka shahri hududi hisoblanadi. O‘sha kuni 2,3 ming serb o‘ldirilgan, ularning 551 nafari bolalar edi, qolganlari asosan ayollar va qariyalar.

    Foto: Rus.team

    Qatl jarayonlarida isyonchilar yetakchisi Ante Pavelichning shaxsiy soqchilari hamda mahalliy xorvat aholisi birlashgan 8-batalyon askarlari ishtirok etgan. 7-fevral tongida ular “Drakulich”ga bostirib kirgan va u yerda yashovchi serblarni o‘lasi qilib kaltaklashga kirishgan, soat 14:00 larda esa barchasi yakunlangan. Millatchilik operatsiyaga kapitan Yosip Mishlov boshchilik qilgan bo‘lib, harbiy kapellan Miroslav Filipovich uning jinoiy sherigi edi (u serb aholisiga qarshi ommaviy jinoyatlari uchun “Shayton ota” laqabini olgan. Urushdan biroz oldin Filipovich o‘zining millatchilik qarashlari sabab fransiskenlar ordenidan (katoliklar oredeni) quvilgan, ammo cherkovdan chetlatilmagan edi. Keyinchalik u Yugoslaviya hududidagi eng yirik o‘lim lagerlari tizimi komendantiga aylangan, 100 minglab serblarning o‘limiga sababchi bo‘lgan lagerni boshqargan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan Filipovich avvalo bolalarni o‘ldirishni buyurgan. Opertsiya rejasini shu hududda tug‘ilib o‘sgan Banya-Luka komendanti Viktor Gutich ishlab chiqqan. Qurbonlarning aksariyati qishloq xo‘jaligi quroli hisoblangan “serbosek” va “serbolg‘a” bilan o‘ldirilgan. Ushbu aksiya natijasida qishloqdan qochishga ulgurmagan deyarli barcha serb aholisi halok bo‘lgandi.

    Foto: Rus.team

    Dragoj Lukichning “Kozara urushi va bolalari” kitobida keltirilgan ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 551 bola halok bo‘lgan: 294 nafari — “Drakulich”da, 207 nafari — “Motik”da va 50 nafari — “Shargovat”da. Guvohlarning aytishicha, isyonchilar voyaga yetmagan qizlarni so‘ralgan, shundan keyin ularni pichoqlab ketgan.

    1965-yilga kelib “Drakulich”ga “Fashist terrori qurbonlari” xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan, ammo unda qayd etilgan insonlar soni kamaytirib ko‘rsatilgan: 1,4 ming kishi o‘ldirilgani yoziglan bo‘lsa-da, ularning millati yashirilgan. 1988-yilda “Drakulich”da 1942-yil qurbonlari xotirasi uchun memorial cherkovni qurish ishlari boshlangan va u 1989-yilda yakunlangan. Yugoslaviya tarqalib ketgach esa, Banya-Luka shahri rasmiylari monumentdagi besh qirrali yulduzni hochga almashtirgan, undagi qurbonlar soni 2,3 mingga o‘zgartirilgan.

    Foto: Rus.team

    Florensiyada gulxanga tashlangan san’at asarlari

    1497-yil 7-fevral kuni Florensiyada qishni kuzatish bayrami hisoblangan “Quyuq seshanba” bayrami nishonlangan. Umuman olganda bu kunda karnavallar, maskarad va bayram yurishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ammo bu safar Florensiya ahlini aqlbovar qilmas hodisa kutib turardi.

    Foto: Wikimedia Commons

    “Quyuq seshanba”dan bir necha hafta oldin Pyatssa della Sinyoriya markaziy maydonida ulkan piramida qad rostlagan. Uning asosiga pariklar va ulama soqollar, o‘yin toshlari va qartalar, bo‘yoqlar, ko‘zgu, atir va hatto hushbo‘y sovunlar tashlangan. Ularning ortidan “zararli” kitoblar — antik davr mualliflari bo‘lgan Sitseron va Ovidiyning, shuningdek, Renessans davri ijodkorlari bo‘lgan Petrarka she’rlari va Bokachchoning “Dekameron”lari uyilgan. Shundan keyin “uyatsiz” suratlar, byust va kartinalar, musiqiy anjomlar otilgan. Qadimgi Rim xudolari, afsonalar qahramonlarining tasvirlari ham qolib ketmagan.

    Uyma-uy yurgan bolalar hayot uchun yaxshi bo‘lmagan buyumlarni yig‘ishga tushgan. Ular to‘g‘ri yo‘lda ekanini biror aholi mojaroga borishni istamaydigan soqchilar tasdiqlab turgan. Shu bois “Quyuq seshanba” kuniga kelib piramida o‘lchami juda kattalashib ketgandi.

    Ulkan “inshoot”gam oy quyilib, “Xudo senga hamd aytamiz” madhiyasi ostida olov yoqilgan. Ushbu ahrakatlarga San Marko dominikanlar cherkovi yetakchisi Fra Jirolamo Savonarola boshchilik qilgan. U olovchi shouni “Manmanlik gulxani” deb atagan.

    Savonarola
    Foto: Wikimedia Commons

    Savonarola o‘zini Eski Ahd payg‘ambarlari bilan solishtirgan bo‘lsada, uni diniy fanatik deb hisoblashgan. Odamlar yana bir bor oxirzamonni kutar va “ibodat qiling va tavba qiling” mavzusidagi olovli suhbatlar doimo o‘ziga tomoshabin to‘play olardi.  Ammo Savonarola bu seriyadan ajralib turdi. Florensiyada, hozircha, u deyarli Masihning noibi sifatida hurmatga sazovor edi. Shahar qutqaruvchisi nomiga esa haqli ravishda egalik qilgan.

    Gap shundaki, 1494-yilda Italiya urushi — yarim asrdan ortiq davom etgan mojarolar seriyasi boshlangan. Hisobni Italiyaga bostirib kirgan va Florensiyani Piza shahri egaligidan mahrum etilgan fransuz qiroli Karl VIII boshlab bergan. Keyingi o‘rindan Florensiyaning o‘zi o‘rin olgandi. Shunda shahar Karl VIII o‘z muzokarachilarini yuboradi. Ulardan biri aynan Savonarola edi. U uddalab bo‘lmas ishni amalga oshiradi, Karlni “Xudoning balosi”ga taqqoslagan va bir soat u bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida u agarda qirol Florensiyaga biror zarar keltirsa, Xudo hatto o‘z quroliga ham zarar yetkazishi mumkinligini shama qiladi. Notiq Savonarola iqtidorli edi — u qirolni shu qadar qo‘rquvga soladiki, Florensiyada 10 kun davom etgan bosqinda 20 ming xorijlik askar hech kimni o‘marmagan va zarar keltirmagan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Bir so‘z bilan aytganda, Florensiyaning qutqaruvchisi maqomi Savonarolaga yillar davomida murvatlarni ko‘proq mahkamlash imkonini bergan. Avvaliga barchasi yomon ketmagan. Savonarola so‘z va ishontirish orqali harakat qilgan. “Manmanlik gulxani” Florensiyada 1495-yildan yona boshlagan va borgan sari “zararli” buyumlari shaharliklarning o‘zi olib kelishni odat qilgan. Ammo “Quyuq seshanba” voqeasi davrida ruhoniylar yetakchisi kuch ishlatishni boshlagan va bu uning hukmronligi yakunining boshlanishiga olib kelgan. 1497-yil mayga kelib Savonarola cherkovdan ajratib qo‘yilgan, bir yildan keyin esa qatl etilgan.

    07.02.2023, 09:48   Izoh (0)   6413
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...

    06.02.2023, 09:30

    KXDR havo shari Janubiy Koreya havo hududiga kirdi

    07.02.2023, 00:04

    Erdo‘g‘on Turkiyada 7 kunlik motam e’lon qildi

    06.02.2023, 23:23

    Turkiyadagi portlardan birida zilziladan keyin o‘nlab xalqaro yuk konteynerlari yonib ketdi (video+foto)

    06.02.2023, 22:49

    Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)

    06.02.2023, 21:36

    Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)

    06.02.2023, 21:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.