Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Zilziladan keyin yopilgan Turkiyaning Iskenderun portida yuk konteynerlari yonib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Getty Images

 

Port zilziladan jabr ko‘rgan mamlakatning janubi-sharqida joylashgan. Iskanderun porti vayron bo‘lgani sababli uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, port hududidagi yuklar solingan konteynerlarda yong‘in kelib chiqqan, u hali o‘chirilmagan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, 6-fevralga o‘tar kechasi Turkiyaning Gaziantep shahri yaqinida 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari yana bir qancha viloyatlarda, shuningdek, Suriya va Livanda ham sezilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 1 651 nafarga yetdi, jarohatlanganlar soni 11 119 nafarni tashkil qilmoqda. Suriyada esa 538 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga doir: Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi