• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevral

    6-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler hamda 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizavetaga oid faktlar o‘rin olgan.

    Moskva metrosi tarixidagi eng yirik terakt

    2004-yil 6-fevral kuni Moskva metropolitenining Zamoskvortskaya liniyasida sodir etilgan terakt oqibatida 250 kishi jabrlangandi: 50 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 122 kishi shifoxonaga yotqizilgan yana 100 ga yaqin insonga hodisa joyida yordam ko‘rsatilgan.

    Foto: CBS News

    Portlash soat 08:32 da “Avtozavodskaya” metro stansiyasidan “Paveleskaya” tomon harakatlanayotgan poyezdning ikkinchi vagonida sodir bo‘lgan. Avvaliga teraktni xudkush amalga oshirgan deb hisoblangan, hozirga kelib esa portlovchi qurilma xudkush kamarida emas, balki vagon polida turgan ryukzak yoki chamadon ichida bo‘lgani aniqlangan. Portlovchi qurilma quvvati kamida 5 kilogramm trotil ekvivalentini tashkil etgan.

    Portlashdan keyin darhol ikkinchi vagonda murakkabligi bo‘yicha beshinchi darajali (eng yuqori) yong‘in boshlangan. Uchinchi vagon tunnel devorlaridan qaytgan portlash to‘lqinidan zarar ko‘rgandi. Birinchi va uchinchi vagonlardagi oynalar parchalanib ketgan. Portlash shu qadar kuchli ediki, uning kuchi birinchi vagon boshiga qadar yetib borgan, mashinist kabinasi eshigi buzilgan va kabinadagi old oyna sinib ketgan.

    Poyezdni boshqarib ketayotgan Vladimir Gorelov favqulodda tormozlanishni amalga oshirgan. Poyezd portlashdan keyin ham boshqaruvchanligini saqlab qolgan, mashinist uni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Vagonlardagi chiroqlar o‘chmagan, “yo‘lovchi-mashinist” aloqasi saqlangan va boshqa vagonlarga ham baland ovozda gapirish tizimi soz edi. Vagonlar tarkibi to‘xtaganidan keyin mashinist dispetcherga kutilmagan vaziyat haqida xabar berib, kontakt relslarini elektrdan uzishni so‘ragan.

    Kuchlanish olib tashlanishi bilan, Gorelov barcha eshiklarni ochgan va yo‘lovchilarga tunnel orqali “Avtozavodskaya” va “Paveleskaya” stansiyalari tomon harakatlanish kerakligini aytgan. Shundan keyin u yo‘lovchilarni qutqarish ishlarida ishtirok etgan.

    Uchinchi vagonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ofitseri Sergey Kavunov ham ketayotgandi, u yo‘lovchilarni “Avtozavodskaya” tomon evakuatsiya qilishda ishtirok etib, vahima ko‘tarilishining oldini olgan. Bosh vagonda bo‘lgan fuqarolar esa tunnel bo‘ylab 2 kilometrdan ortiq harakatlanib, “Pavelskaya”ga yetib borgan.

    Foto: CBS News

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tunnelni kuchli tutun egallaganiga qaramay, evakuatsiya yetarlicha tashkillashtirilgan holda amalga oshirilgan va odamlar baqir-chaqir qilmagan. Jabrlanganlarga poyezdning o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan hamda qanday ko‘ngilsiz hodisa yuz berganini anglab turgan yo‘lovchilari yordam ko‘rsatgan.

    Birinchi qutqaruvchilar guruhlari stansiyaga soat 08:50 da yetib kelgan. Portlash oqibatlarini bartaraf etishda Moskva shahri va viloyatining qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari, shuningdek, “Sentrospas” qutqaruvchilari ishtirok etgan.

    Portlashdan keyin darhol Zamoskvortskaya liniyasi bo‘ylab barcha poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Ayrim yo‘lovchilar to‘xtab qolgan poyezdlar ichida tunnelda uch soatlab qolib ketgan. Soat 10:25 da liniyaning shimoliy qismida harakat tiklangan. Soat 11:00 da yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish ishlari yakunlangan va yong‘in o‘chirilgan. Portlagan tarkib chetga olingan va soat 19:00 larda harakat to‘liq qayta tiklangan.

    2004-yil 9-fevral kuni Moskvada metrodagi terakt oqibatida halok bo‘lganlar xotirasida motam kuni e’lon qilingan. Rossiya prezidentining qarori bilan poyezd mashinisti Vladimir Gorelov “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

    Holat bo‘yicha Rossiya qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ish Federal xavfsizlik xizmatiga topshirilgan. 2006-yil noyabrda Moskva shahar sudida mazkur teraktga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanganlarga nisbatan sud boshlangan. Sudlanuvchilar kursida Adliya vazirligining sobiq xodimi Murat Shavayev va Karachayevo-Cherkesiyada yashovchi Maksim Panarin va Tambiy Xubiyev ham bor edi.

    Foto: CBS News

    Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Panarin va Xubiyev Moskvaga kelgan, selitra, alyuminiy kukuni, plastit, elektron sxema, detonatordan foydalangan holda bombani tayyorlagan. Plastit, detonator va portlovchi “VOG-25” moddasini unga Shavayev bergan. Terrorchilar bularning barchasini plastik paqir ichiga joylashtirib, atrofini plastilin bilan qoplab chiqqan — uning orasida bolt va gaykalar joylangandi. Portlovchi qurilmaning umumiy og‘irligi 19 kilogrammni tashkil etgan. Bomba ryukzakka solinib, xudkush — Xubiyev bilan lagerda qo‘poruvchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan arab millatiga mansub Abu-Umarga berilgan. U 6-fevral tongida metroga kirgan va portlovchi qurilmani ishga tushirgan.

    2007-yil fevralda Moskva shahar sudi Panarin, Xubiyev va Shavayevni teraktni uyushtirishda aybdor deb topgan hamda ularga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Uchinchi reyxda o‘tkazilgan Olimpiada

    1936-yil 6-fevral kuni Uchinchi reyxda qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilishi bo‘lib o‘tgandi. Natsistlar qanday qilib Olimpiada mash’alasini o‘ylab topgani, Gitlerni kim “zamonamizning eng yaxshi ijodkori” deb atagani va nemis ofitsiantlari zaxmga (sifilis) tekshiruvdan o‘tgani to‘g‘risida quyida bayon qilamiz.

    Foto: Getty Images

    1894-yilda baron Pyer de Kubertenning tashabbusi bilan Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga asos solingan. “Sport — siyosatdan tashqarida”, — deya hisoblagan baron hech qanaqa xalqaro mojarolar bellashuvlarga xalaqit bera olmaydi deb o‘ylagan. Ammo XX asr boshlarida Birinchi jahon urushi sabab Berlinda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Olimpiada o‘yinlari bekor qilingan. Germaniya poytaxtida sport majmualarini qurish ishlari to‘xtatilgan, nemis sportchilari esa harbiy formalar kiyishga majbur bo‘lgan.

    Urushdan keyin nemislar izolyatsiyada bo‘lib qolgan, xususan, mag‘lubiyatga uchragan mamlakat atletlariga xalqaro bellashuvlarda ishtirok etish taqiqlangan. Umuman olganda, bunday taqdirga nafaqat Germaniya, balki uning ittifoqchilari — Avstriya, Vengriya, Turkiya, Bolgariya ham duchor bo‘lgandi.

    Yuzaga kelgan vaziyat, ayniqsa, nemis siyosatchisi Karl Dimga yoqmagan. Yoshlar Olimpiadada ishtirok eta olmasligi bois jismoniy tarbiyaga qiziqmay qo‘yganini payqagan Dim “Nemis o‘yinlari”ni tashkil etgan — bu Olimpiada namunasida o‘tkaziladigan milliy bellashuvlar edi.

    1928-yilda Olimpiya qo‘mitasi nemis atletlarini xalqaro sport arenalariga qaytarishga qaror qiladi. Amsterdagi o‘tkazilgan o‘yinlarda Germaniya ikinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, tez orada Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga ariza berib, 1936-yilgi o‘yinlarga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Ushbu imkoniyat uchun Barselona, Rim va Budapesht ham da’vogarlik qilgan, ammo ma’lum vaqtdan keyin ikki poytaxt “bellashuvdan” chiqqan. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Germaniya va Ispaniya orasida tanlovni amalga oshirishi kerak edi: 43 ta ovoz Berlin foydasiga berilgan bo‘lsa, Berselona 16 ta ovoz to‘plagan. Shu bilan birga, Germaniya Olimpiya qo‘mitasi 1936-yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazish istagini bildirgan. Bavariyaning Garmish va Partenkirxen shaharlari Olimpiada poytaxtiga aylangan.

    Ammo hamma nemislar ham voqealarning bunday rivojiga xursand emasdi: mamlakat inqiroz holatida bo‘lgan, Olimpiadani o‘tkazish esa jiddiy xarajatlar talab qilardi.

    Foto: Getty Images

    1933-yilda hokimiyat tepasiga Adolf Gitler kelgan, milliy-sotsializm esa mamlakatning rasmiy ideologiyasiga aylangan. Ma’lumki, fyurer Olimpiadaga mezbonlik qilishni u qadar xohlamagan, u oliy irqqa mansub sportchilar “toza bo‘lmaganlar” bilan bellashishini qabul qila olmagan. Ammo Yozef Gebbels o‘yinlar Uchinchi reyxning mavqeini xalqaro maydonda ko‘tarishini aytib, Gitlerni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ladi. Bundan tashqari, xalq ta’limi va propagandasi reysvaziri har bir askar yaxshi sportchi bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Adolf Gitler eng qimmat va hech qachon yoddan chiqmaydigan Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

    Natsistlar hukumat tepasiga kelganidan keyin xalqaro jamoatchilik Olimpiya qo‘mitasidan yahudiy va qora tanlilar to‘laqonli inson sifatida ko‘rilmaydigan davlatda o‘yinlar o‘tkazilishini taqiqlashni talab qiladi. Ayrim mashhur sportchilar, masalan, Andre Joli-Bryune va Pyer Bryune, Jon Shi Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortadi.

    Gap-so‘zlarga ko‘ra, bir safar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Anri de Baye-Latur fyurerga Garmish va Partenkirxendagi hojatxonalar oldiga ilingan “Yahudiylar va itlar kirishi taqiqlanadi” yorlig‘i Olimpiada an’analariga mos kelmasligini aytgan. Gitler esa mezbonga o‘z uyida qanday yashashga o‘rgatish kerakmasligini javob qaytargan. “Kechirasiz, ammo stadionlarga beshta halqali bayroq ilindimi — bu Germaniya emas, balki Olimpiya hisoblanadi va unda biz xo‘jayinmiz”, — deya e’tiroz bildirgan de Baye-Latur. Shundan keyin Gitler yorliqlarni bellashuvlar vaqtida olib turishni buyurgan.

    Foto: Getty Images

    Jamoatchilik ortga chekinmagan: sportchilar, diniy qatlam vakillari, madaniyat tashkilotlari o‘yinlarni Barselonada o‘tkazish talabi bilan chiqqan. Shunda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Germaniyaga borib, Gitler rejimi Olimpiada qadriyatlariga javob berish-bermasligini tekshirishga qaror qiladi. Uddaburon natsistlar “tekshiruv” oldi barcha antisemite shiorlarni olib tashlagan va yahudiy sportchilar bilan “ularning haq-huquqlarini kech kim kamsitmayotgani” to‘g‘risida kelishib oladi. Bundan tashqari, Gilter hukumati Germaniya terma jamoasi tarkibiga onasi nemis, otasi yahudiy bo‘lgan sportchi Xelena Mayerni qo‘shib olgan.

    Keksayib qolgan Pyer de Kuberten ham Germaniyaga tashrif buyurgan. Nemislarning Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘lami va Berlin ko‘chalarining tozaligidan hayratga tushgan baron Germaniya o‘yinlar mezboniligicha qolishi kerakligini ma’lum qilgan. Kuberten Gitlerni “zamonamizning eng yaxshi ijodiy ruhlaridan biri” deb atagan va Uchinchi reyxga o‘zining ko‘p sonli kitoblarini vasiyat qilib qoldirish xohishini bildirgan.

    1936-yil 6-fevral kuni IV qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Tantanalar oldidan shaharlar qashshoq va tilanchilardan tozalangan. Garmish va Partenkirxedagi fohishalar shaharlardan chiqarib yuborilgan, hatto barcha ofitsiant va raqqosalarni zaxmga tekshirish boshlangan.

    Ochilish marosimida 28 ta ishtirokchi davlat paradda qatnashgan. Delegatsiyalar stadionga o‘z davlatlarining madhiyasi ostida chiqib kelgan. Qishki o‘yinlar boshlangani to‘g‘risida Adolf Gitlerning o‘zi e’lon qilgan. Zamondoshlarining xotirlashicha, fyurerning so‘zlari gulduros qarsaklar bilan kutib olingan.

    Foto: Getty Images

    Uchinchi reyxda o‘tkazilgan qishki Olimpiada o‘yinlarining yulduzi norvegiyalik figurachi Sonya Xeni bo‘lgan. Sonya shaxsiy hisobda oltin medalni qo‘lga kiritgan va fyurerning shaxsan o‘zi uni tabriklagan. O‘yinlar yakunlangach Xeni Gitler bilan uning shaxsiy qarorgohida tushlik qilishga rozilik bergan va undan nemis yetakchisining dastxati tushirilgan suratni qabul qilib olgan. Keyinchalik chempion qiz aktrisalik karyerasini boshlagan, uning ishtirokidagi “Milliondan bitta” birinchi filmi targ‘iboti bilan Yozef Gebbelsning o‘zi shug‘ullangan.

    Qishki o‘yinlarda birinchi o‘rin Norvegiya jamoasiga nasib ketgan bo‘lsa, mezmon davlat shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Kuchli uchlikka Shvetsiya yakun yasagan. Aynan shu musobaqalarda birinchi marta Olimpiada mash’alasini ko‘targan holda estafeta o‘tkazilgan. Mazkur g‘oya Karl Dimga tegishli edi, uning asosiy tashabbuskori esa Gebbels.

    Foto: AP Photo

    Britaniya taxtiga o‘tirgan 25 yoshli Yelizaveta

    Yelizaveta II ning hukmronligi Britaniyada tarixida eng uzoq davom etgani bilan tarixga kirdi. U taxtga o‘tirgan davrida 15 ta bosh vazir, AQSHda esa 13 ta prezident almashdi. Yelizaveta davrida Buyuk Britaniya imperiya bo‘lishdan to‘xtadi va Yevropa Ittifoqiga qo‘shildi, undan chiqishga ham ulgurdi. Shunga qaramay, qirolicha mamlakatda qabul qilinayotgan qarorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, monarxlik maqomini saqlab qolishga erishdi.

    Mitti Yelizaveta amakivachchasi Jerald Laselles bilan birga, 1927-yil
    Foto: AP Photo

    Vindzorlar sulolasi vakili bo‘lgan bo‘lajak qirolicha 1926-yil 21-aprelda dunyoga kelgan va cho‘qintirish vaqtida onasi, buvisi hamda buvisining buvisi nomiga Yelizaveta Aleksandra Mariya ismini olgan. Uyda uni Lilibet deb chaqirishgan.

    U Meyfeyr tumanidagi qarorgohda tug‘ilgan. Hozirda bu uy mavjud emas — uning o‘rniga Xitoy restorani qurilgan.

    Qirol Georg V, malika Yelizaveta va qirolicha Mariya Bukingem saroyi balkonida, 1935-yil 6-may
    Foto: AP Photo

    Malika bobosi va buvisining sevimli nabirasi bo‘lgan hamda qirol Georg V dan qo‘rqmaydigan oilaning kam sonli a’zolaridan biri edi. Yelizaveta ota-onasi, bo‘lajak qirol Georg VI va uning rafiqasi Yelizaveta Bouz-Layon bilan Pikadillidagi uyda yashagan. Unda 25 ta yotoqxona, lift va bal zali bo‘lgan. Oila qasrda istiqomat qilmagan, chunki uning a’zolari taxtga birinchi da’vogalar qatorida emasdi.

    Ona qirolicha Yelizaveta qizlari — Margaret va Yelizaveta bilan birga, 1936-yil
    Foto: Getty Images

    1930-yilda Lilibetning singlisi malika Margaret dunyoga keladi. Qizlar ulg‘aygach, ularning xarakterlari bir-biridan keskin farq qilishi ma’lum bo‘ladi. Yelizaveta juda tartibli, vijdonli va gapga kiradigan edi: u barcha otlariga ovqat bermasdan uxlay olmasdi. O‘yinqaroq, maqsadidan qaytmaydigan va sho‘x Margaret esa o‘z xatolarida xayolidagi jiyani Galifaksni ayblab kelgan.

    Natijada singlisi yashagan hayot tarzi ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan: u bazm-u jamshidlarda diqqat markazida bo‘lishni yoqtirar, tunggi klub va restoranlarni qoldirmasdi. Uning suratkash Entoni Armstrong-Jons bilan nikohi ajrib bilan yakunlangan. Ammo qirolichaning biograflariga ko‘ra, hayot tarzi turlicha bo‘lsa-da, Yelizaveta va Margaret doimo yaqin munosabatda bo‘lgan.

    Yelizavetaning bobosi Georg V o‘limidan keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li Eduard VIII mamlakatni 325 kun boshqargan. U ikki marta ajrashgan amerikalik Uollis Simpsonga uylanish maqsadida taxtdan voz kechgan. Natijada Yelizavetaning otasi Georg VI taxtga o‘tirgan, uning o‘zi esa hokimiyatga da’vogarlar qatorida birinchi o‘ringa chiqqan.

    Qirol Georg VI qizlari Yelizaveta va Margaret bilan Vindzorlar qasrida, 1942-yil 19-may
    Foto: AP Photo

    Urush vaqtida bolalar Vindzorga yuborilgan — yillar o‘tgach, qirolicha aksariyat dam olish kunlarini u yerda o‘tkazgan va aynan shu saroyni o‘zining uyi deb hisoblagan. Ammo malikalar u yerda ham chetda qolib ketmagan: Katta Vindzor bog‘iga 300 ta bomba tashlangan. Yelizaveta va Margaretni tez-tez kechalari uyg‘otishib, qarorgohning yerosti xonalariga olib tushishgan. Ikkisi ham issiq saqlaydigan kombinezonlarda uxlagan.

    Urush vaqtida 14 yoshda bo‘lgan Yelizaveta radio orqali o‘zining birinchi nutqini so‘zlagan: u uyidan uzoqqa kelib qolgan evakuatsiyadagi bolalarga murojaat yo‘llangandi. Urush oxirida yosh malika harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va qirollik oilasining xizmatini o‘tagan yagona a’zosiga aylangan. 

    Malika Yelizaveta va shahzoda Filippning to‘y surati, 1947-yil 20-noyabr
    Foto: AP Photo

    Yelizaveta 1952-yil 6-fevral kuni 25 yoshida taxtga o‘tirgan. Toj kiydirish marosimi bir yildan keyin 2-iyunda o‘tkazilgan va u birinchi marta televideniye orqali translyatsiya qilingan — uni 27 million odam tomosha qilgan. Yelizaveta II Britaniya tarixida eng uzoq hukmronlik qilgan monarx hisoblanadi, undan oldingi rekord buvisining buvisi Viktoriyaga tegishli.

    Qirolicha Yelizaveta II hamda Filipp to‘rt farzandni dunyoga keltirgan. Bolalarining to‘ng‘ichi shahzoda Charlz va malika Anna Yelizaveta taxtga o‘tirishidan oldin dunyoga kelgan, shahzodalar Endryu va Edvard esa — taxtga o‘tirganidan keyin.

    Qirolichaning qarindoshlari Yelizaveta qurgan monarxiya tarziga ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan: shahzoda Charlzning Kamilla Shend bilan munosabatlari, uning Diana Spenser bilan omadsiz nikohi va Diananing o‘limi.

    Charlz va Diananing to‘yi, 1981-yil 29-iyul
    Foto: AP Photo

    Qirolichaning nabirasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl ham qirollik oilasidan ketib, mustaqil hayot kechirish yo‘lini tanlagani ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

    Garri va uning rafiqasi Megan Markl, 2018-yil 10-iyul
    Foto: AP Photo

    Yelizaveta II ning ikkinchi o‘g‘li — shahzoda Endryu atrofida ham ko‘plab mojarolar yuz bergan. Avvaliga u jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan do‘stligi uchun tanqidlar markazida qolgan va keyinroq uning o‘zi ham zo‘rlashda ayblangan. Qirolicha o‘g‘lini harbiy unvonlardan mahrum etgan, shuningdek, sudda u o‘zini oddiy inson sifatida himoya qilishini belgilagan.

    Yelizaveta II ning xobbilaridan biri otda sayr qilish bo‘lgan. U keksayib qolganida ham shu kabi sayrlarni kanda qilmagan.

    Foto: AP Photo

    2021-yil aprelda qirolicha o‘z turmush o‘rtog‘i Filippni yerga qo‘ygan. U 100 yoshga to‘lishiga ikki oy qolganida olamdan o‘tgan. Yelizaveta va Filippning nikohi 73 yil davom etgan.

    Foto: AP Photo

    Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2022-yil 8-sentabr kuni Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. U 96 yoshda edi.  

    06.02.2023, 09:30   Izoh (0)   11192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi

    06.02.2023, 08:58

    Marsda noma’lum jism aniqlandi. Unga “Kakao” nomi berildi (foto)

    06.02.2023, 02:11

    Avstraliyada 16 yoshli qiz akula hujumidan vafot etdi

    06.02.2023, 00:00

    Bill Geyts koronavirusni sun’iy yaratganmi? Milliarder javob berdi

    05.02.2023, 23:46

    Turkiyadagi elchixonalar, cherkov va sinagogalarga terakt uyushtirishni rejalashtirgan 15 kishi hibsga olindi (video, foto)

    05.02.2023, 23:02

    Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi

    05.02.2023, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Murodov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.