Andijon viloyati Baliqchi tumanida fuqarodan olgan qarzlari evaziga qalbaki dollar bergan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.X. fuqaro N.M.dan olgan 13,4 million so‘m qarzi evaziga notanish fuqarodan sotib olgan qalbaki 50 dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 1 200 qalbaki dollarni bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)