Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari 28-yanvar kuni Interpol qidiruvidagi sobiq “qonundagi o‘g‘ri” Rafet Amirovni qo‘lga oldi. Bu haqda “Praym Kraym” xabar berdi.

Illyustrativ foto: Pixabay.com

Ma’lum qilinishicha, 43 yoshli erkak AQSH va Rossiya tomonidan qidiruvga berilgan. U Rossiyada 2010-yildan beri Moskvada 32 yoshli Ali Babayevni o‘ldirgani uchun qidiruvda bo‘lgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida u Eron hukumati buyrug'i bilan eronlik muxolifatchini o'ldirilishini uyushtirganlikda ayblanmoqda.

Amirovga qarshi ko‘rsatma 4-yanvar kuni Chexiyada qo‘lga olingan uning sherigi Polad Omarov tomonidan berilgan. Rafet 2014-yilda Ozarbayjonning bosh “qonundagi o‘g‘ri”si Nodir Salifov (Guli taxallusi bilan tanilgan) taklifi bilan ularning jamoasiga qo‘shilgan. Ammo Salifov Turkiyada o‘ldirilganidan so‘ng, Amirov Guli urug‘idan bo‘lgan o‘rtoqlari tomonidan kaltaklangan va o‘g‘rilar oilasidan haydalgan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonning eng mashhur “qonundagi o‘g‘risi” Qamchi Kolbayev qo‘lga olindi. AQSH u haqdagi ma’lumot uchun 5 mln dollar va’da qilgan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 64 yoshli shifokor bemorning eri tomonidan kaltaklandi 
Mahalliy
Toshkentdagi plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in chiqdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi