Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 4-bosqichida “Liverpul” 29-yanvar, yakshanba kuni “Brayton” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 30-daqiqasida Harvi Elliot mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Lyuis Dank muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kaoru Mitoma “Brayton”ning g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa “Brayton” Angliya Kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi. “Liverpul” esa o‘z yurishini to‘xtatdi.

Angliya Kubogi

4-bosqich bahslari

29-yanvar, yakshanba

“Brayton” – “Liverpul” 2:1

Gollar: 0:1 – 30 Elliott, 1:1 – 39 Dank, 2:1 – 90+2 Mitoma.

“Brayton”: Stil, Lempti (van Xekke, 90), Dank, Uebster (Veltman, 46), Estupinyan, Gross, March, Mak Allister, Mitoma, Uelbek (Gilmor, 67), Fergyuson (Undav, 89).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 59), Gomes, Konate, Robertson, Baychetich (Fabinyo, 84), Tiago Alkantara (Jons, 79), Keyta (Henderson, 59), Elliott (Nunyes, 59), Saloh, Gakpo.

Ogohlantirishlar: Baychetich (17), Konate (62), Dank (63), Fabino (86), Robertson (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi