Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” La Liga 19-turi doirasida “Jirona”ga qarshi kechgan bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Katalonlar barcha musobaqalar doirasidagi g‘alabali seriyasini 8 o‘yinga yetkazdi. Jamoa 2023-yildagi barcha o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

Shuningdek, jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 13 o‘yinga yetdi. So‘nggi bor “Barselona” Chempionlar Ligasida 26-oktabr kuni “Bavariya”ga yutqazgandi (0:3). Shundan keyingi 13 o‘yinda 12 ta g‘alaba va bitta durang qayd etildi.

“Ko‘k-anorranglilar” La Liganing so‘nggi uch o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Jamoa Primera joriy mavsumining 18 o‘yinidan 14 tasida to‘p o‘tkazib yubormadi.

“Barselona” darvozasiga faqat “Real Sosyedad” (4:1), “Real” (1:3), “Osasuna” (2:1) va “Espanyol” (1:1) yo‘l topa olgan.

6 ta o‘tkazib yuborilgan gol — Yevropa top-5 ligalari joriy mavsumidagi eng yaxshi natija. Ikkinchi o‘rindagi “Nyukasl” o‘z darvozasidan 11 ta to‘p olib chiqqan.

“Barselona” keyingi o‘yinini 1-fevral kuni “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi