Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Soledar shahrini tark etib, avvaldan tayyorlangan pozitsiyalarga joylashdi. Bu haqda Ukraina armiyasi Sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiyga tayanib, BBC xabar berdi.
“Shaxsiy hayotini saqlab qolish uchun Mudofaa kuchlari Soledardan uzoqlashdi. Ular oldindan tayyorlangan mudofaa chizig‘iga o‘rnashib oldi. Asosiy vazifani bajardi: ular Rossiya qo‘shinlariga frontning Donetsk yo‘nalishi bo‘ylab yorib o‘tishga imkon bermadi”, — deydi Cherevatiy.
Uning ta’kidlashicha, Soledardagi front chizig‘i birlashtirilgan: ukrainalik harbiylarni qamal qilish yoki qo‘lga olish holatlari kuzatilmagan.
“Bu urush. Har bir qo‘mondon o‘z qo‘shinlari uchun maksimal foyda bilan harakat qiladi. Biz Rossiyaday jangchilarni qirg‘inga tashlay olmaymiz. Rus armiyasini maksimal darajada toliqtirish uchun manyovr, o‘t ochish, kichik guruhlar taktikasini qo‘llashga harakat qilmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina rasmiysining ta’kidlashicha, hozirda Rossiya “Kiyev viloyati, Xarkov operatsiyasi, Liman, Xersonda sezilarli mag‘lubiyatga uchragani fonida kichik Soledar shaharchasiga” e‘tibor qaratmoqchi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)