Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qiyomat soati millari 10 soniya oldinga surib qo‘yilganiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
![](/static/moscow-kremlin1.jpg)
Peskov hozir dunyodagi vaziyat nihoyatda xavotirli va tarangligini aytib, NATO va AQSHni xalqaro vaziyatni yomonlashtirganlikda aybladi.
“Haqiqatan ham vaziyat umumiy holatda ham tashvishli, u nihoyatda tarang. Vaziyatning rivojlanish istiqbollari NATO va AQSH rahbariyati tomonidan tanlangan yo‘nalishni hisobga olgan holda, hali hech qanday pasayishni va’da qilmaydi”, — deydi Peskov.
24-yanvar kuni “Atomshunos olimlar byulleteni” jurnali vakillari global falokatni anglatuvchi Qiyomat soatining millarini oldinga surib qo‘ydi. U “yadro apokalipsisi nuqtasi”ga 90 soniya qolganini ko‘rsatmoqda. Bu 1947-yilda yaratilgan loyiha tarixidagi eng yuqori xavf darajasidir. Olimlar vaqt o‘zgarishining asosiy sababi “Ukrainada urush xavfi kuchayishi” deb atagan.
Izoh (0)