Ronald Kuman Niderlandiya bosh murabbiyligi lavozimiga qaytdi.
59 yoshli mutaxassis Niderlandiya futbol ittifoqi bilan shartnoma imzoladi. U terma jamoani tark etgan Lui van Galning o‘rinini egallaydi.
Kuman bunga qadar 2018—2020-yillarda terma jamoani boshqargan. Shundan keyin “Barselona”ga yo‘l olgandi.
Kuman 2023-yil boshidan terma jamoada ish boshlashi 2022-yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgandi.
Van Gal qo‘l ostidagi Niderlandiya JCH—2022 da chorak finalga qadar yetib bordi va Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (2:2, 3:4).
Izoh (0)