Braziliya terma jamoasini boshqarish uchun 4 nafar murabbiy nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
Cadena SER ma’lumotlariga ko‘ra, Karlo Anchelotti, Joze Mourinyo, Zinedin Zidan va Luis Enrike Braziliyani boshqarishi mumkin.
Avvalroq Braziliya futbol konfederatsiyasi Pep Gvardiola va Yurgen Kloppga ham qiziqish bildirayotgandi, biroq hozir ikkala murabbiy ham ro‘yxatdan chiqarilgan.
Anchelottining “Real”da, Mourinyoning “Roma”da ishlayotgani muzokaralarni murakkablashtirishi mumkin. Zidan esa hozircha ishga qaytish istagida emas. Braziliya terma jamoasi uchun eng munosib nomzod Luis Enrike bo‘lib qolmoqda.
Qayd etib o‘tish joiz, CBF prezidenti Ednaldo Rodriges terma jamoaga mahalliy emas, xorijlik murabbiy kerak deb hisoblamoqda.
Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Tite JCH—2022 chorak finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi.
Izoh (0)