Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida joylashgan tarixiy masjid “yo‘lni kengaytirish” maqsadida buzib tashlandi. Bu haqda Tribune xabar berdi.
BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO)ning sobiq vakili Ashok Svayn o‘zining Twitter sahifasiga masjidning buldozer bilan buzilgani tasvirini joyladi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda kran inshootni buzayotgani aks etgan. Videoda o‘tkinchilar va tomoshabinlar masjid qanday vayron bo‘lishini suratga olayotganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, Shohi Masjid inshooti Ollohobodda joylashgan va Sher Shoh Suri davrida qurilgan. Masjid “yo‘lni kengaytirish” maqsadida buzib tashlangan va bu masala bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak.
Dekabr oyida Hindistonning shimolidagi Ayodxya shahridagi 16-asrga oid Babri masjidi buzib tashlanganiga 30 yil to‘ldi. Pokiston masjid o‘rnida hind ibodatxonasi qurilishini qoralagan va Nyu-Dehlini tarixiy masjidning asl joyida qayta tiklash va uni vayron qilgan jinoyatchilar munosib jazoga tortishga chaqirgan.
Hisobotga ko‘ra, Hindistonning Gujarat shtatida 500 ga yaqin masjid va ziyoratgohlar buzib tashlangan.
Mavzuga doir: Hind millatchilari tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi
Izoh (0)