Isroil kuchlari ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil janubida bir nafar falastinlikni otib o‘ldirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lgan erkak 40 yoshli Hamdi Abu Dayyeh ekanini aniqladi. U nazorat-o‘tkazish punktida joylashgan Isroil kuchlariga qarshi otishma uyushtirayotganda otib o‘ldirilgan. Dayyeh Falastin ma’muriyatida politsiyachi bo‘lib ishlagan.
Isroil armiyasi falastinlik erkak ularning askarlariga qarata o‘t ochganini ta’kidlagan. Isroil tomonida jabrlanganlar qayd etilmagan. Guvohlar Abu Dayyeh yerda yotgan paytda isroillik harbiylar tez yordam mashinasining kelishiga to‘sqinlik qilganini aytgan.
Halok bo‘lgan erkak Isroil armiyasi tomonidan “so‘nggi 48 soat ichida ikkita otishma uyushtirganlikda” gumon qilingan. Abu Dayyeh 2023-yil boshidan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda isroillik qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan o‘n besh nafar falastinlikdan biridir. Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar voyaga yetmaganlar ham bor.
Avvalroq Isroil armiyasi bosib olingan Sharqiy Quddusdagi qochqinlar lageriga reyd chog‘ida uyi tomida turgan falastinlik erkakni o‘ldirgandi. Marhum 41 yoshli Samir Aslan bo‘lib, tong saharda qochqinlar lagerida ko‘kragidan otib o‘ldirilgan. Shuningdek, isroillik harbiylarning G‘arbiy Sohilning janubidagi Vifleyem shahriga uyushtirgan reyd chog‘ida falastinlik o‘smir halok bo‘lgan.
Izoh (0)