• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halokati. Kun xronologiyasida 6-dekabr

    6-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, “Feminizmga qarshi” yigit tomonidan politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi hamda Moskva viloyatida portlovchi moddalar ortilgan vagonlarda yuz bergan halokatga oid faktlar o‘rin olgan.

    Hind millatchilari tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi

    Bundan 30 yil oldin 6-dekabr kuni minglab hind millatchilari Uttar-Pradesh shtati Ayodhya shahrida joylashgan o‘rta asrlarga tegishli masjidni vayron qilgandi. Hindiston va xorijdagi ko‘plab odamlar uchun XVI asrga oid ushbu diniy binoning vayron bo‘lishi ochiqdan-ochiq vandalizm harakati emas, balki mamlakatning zamonaviy tarixidagi muhim bosqich — “dunyoviylik” siyosatining asoslariga putur yetkazish edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Bobur masjidining buzilishi Hindistonning turli qismlarida diniy namoyishlar va konfessiyalararo to‘qnashuvlarni yuzaga keltirgan. Mamalakat mustaqillikka erishganidan buyon eng qonli diniy tartibsizliklar yuzaga kelishi oqibatida 2 mingdan ortiq odam o‘ldirilgan.

    150 ming hind olamoni tomonidan masjidning buzilishi Hindistondagi musulmon ozchilikda qo‘rquv va o‘z kelajagiga xavotir uyg‘otgan. “Masjidning vayron qilinishi hind jamiyati ichidagi barcha qora kuchlarning yo‘lini ochib yubordi”, — degandi uzoq yillar hind—musulmon munosabatlarini yoritgan jurnalist Vidya Subraxmaniam.

    Deli Rashtriya Sangx va Vishva Hindu Parishad (Butunjahon hindlar kengashi) kabi milliatchi hindlar masjid o‘rnida ibodatxona qurilishini ma’lum qilgan. Ko‘plab hindlar aynan shu yerda “Ramayana” bosh qahramoni Ram dunyoga kelgan saroy bo‘lgan deb hisoblaydi — induizmda ularga mifologik emas, balki tarixiy shaxs sifatida qaraladi. Ularning fikricha, musulmonlar ularning muqaddas qadamjolarini oyoqosti qilgan. Shu maqsadda bir necha yildan beri buzilgan masjid hududida ibodatxona bo‘lganini isbotlash maqsadida arxeologik ishlar olib borilmoqda — hozirga qadar biror dalil topilgani yo‘q.

    Mamlakatdagi so‘llar ushbu sanani “qora kun” sifatida nishonlaydi. Nyu-Delidagi namoyishchilar masjidning vayron qilinishi “demokratik asosli zamonaviy respublikaning eng dahshatli hujumi” deb hisoblaydi. Biroq Hindistondagi milliatchi hindlar bu sanani “G‘alaba kuni”, sifatida nishonlab keladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1528-yilda qurilgan Bobur masjidi bo‘yicha yuridik bahs 60 yildan ortiq vaqtdan beri davom etib keladi. Mojaro 1949-yilda, masjid hindlarning eng hurmatli xudolaridan biri Ramning butlari qo‘yilganida yuz bergan. Shundan so‘ng masjid yopilgan va “bahsli inshoot” deya e’lon qilingan.

    2010-yilda Allohobod Oliy sudi hindlar yerning uchdan ikki qismiga egalik qilish, ularga buzilgan masjidning markaziy qubbasi ostida qurilgan ibodatxonani saqlab qolishga ruxsat berilgan. Yerning qolgan qismi — 2,77 akr musulmonlar ixtiyoriga o‘tkazilgan. Ammo ikkala tomon ham Oliy sud qaroriga norozilik kiritgan.

    Musulmonlar hokimiyat tepasidagi hindlarni “ma’muriy fitna” uyushtirishda ayblagan. “Hukumatning qonun ustuvorligini ataylab amalga oshira olmagani bu dahshatli ssenariyni yanada kuchaytirdi”, — degandi “Hindistonda hindlarning shakllanishi” kitobi muallifi Akshay Mukul.

    Surishtiruvlar davomida politsiya hind faollariga Narendra Modi mamlakat bosh vaziri etib tayinlanganidan beri musulmonlarning 190 mingga yaqin yirik shoxli qoramollarini zo‘ravonlik bilan tortib olishga yordam bergani aniqlangan.

    Bobur masjidi aniq qachon qurilgani ma’lum emas. Binodagi yozuvlar masjid 1528—1529-yillarda Zahiriddin Muhammad Boburning buyrug‘i bilan Mir Boki ismli shia amaldori tomonidan qurilgan. “Boburnoma”da na masjid va na uning o‘rnida bo‘lgan ibodatxona buzilgani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmagan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, hind an’analarida Ram aynan shu yerda tug‘ilgani to‘g‘risida biror-bir ma’lumot ham mavjud emas. Masjid haqidagi eng dastlabki qaydlar Jay Singx II — rajaputlik aristokratga tegishli, u masjid atrofidagi yerlarni 1717-yilda sotib olgan va Jaysingpurga asos solgan.

    Bobur masjidi Jaunpur sultonligi arxitektura maktabi an’analariga mos ravishda qurilgan va hatto Jaunpurdagi Atala masjidini yodga solib yuborgan. U yerdagi o‘ziga xos akustika va ventilyatsiya haqida ham qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan.

    Ingliz arxitektori Grem Pikford XIX asrda “Bobur masjidida joylashgan mehrobdagi shivirlash binoning oxiriga, 60 metrga qadar eshitilardi”, — deb yozgan.

    Politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi

    1989-yil 6-dekabr kuni Ruger Mini-14 avtomatik o‘qlanuvchi karabini bilan qurollangan Mark Lepin Kanadadagi Monreal politexnika instituti muhandislik fakulteti korpusiga kirib kelgan. U koridor bo‘ylab harakatlanib, administratorning savollariga e’tibor qaratmagan. Soat 17:00 larda ikkinchi qavatda u endigina imtihondan chiqqan qizga birinchi o‘qni uzgan, biroq nishonga tega olmagan va qiz qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

    Foto: Werepstem

    Foto: Werepstem
    Oradan besh daqiqa o‘tib Lepin muhandislik mexanikasi bo‘yicha 60 kishiga ma’ruza o‘qilayotgan auditoriyaga bostirib kirgan. Erkak kirishi bilan u yerdagilarga qarata “Men ayollarni xohlayman!”, deya baqirgan.

    Lepin yigitlar va qizlarga ikki guruhga bo‘linishni buyurgan. Talabalar Lepinni ichib olgan va hazillashayotgan yigit deb o‘ylagan. Mark shiftga qarata o‘q uzib, hazillashmayotganini ko‘rsatib qo‘ygan.

    To‘qqiz nafar qiz qolganlardan ajralib turganini ko‘rgan Lepin qolgan barcha erkaklarga auditoriyani tark etishni buyurgan va ular buni so‘zsiz bajargan. U qolgan talaba qizlarni savolga tutgan: “Nima uchun bu yerda ekanimni bilasizlarm?”. Qizlardan biri rad javobini bergach Lepin “Men feminizmni tugatishga keldim!”, degan.

    Nataliy Provo ismli talaba e’tiroz bildirishga uringan: “Lekin biz feminist emasmiz, kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lib, normal hayot kechirish uchun muhandislik mexanikasini o‘rganyapmiz”. Ammo Lepin uning javobini oxirigacha eshitmasdan turib “barchang feministlar to‘dasisan!”, deya baqirgan va qizlarni o‘qqa tuta boshlagan. Lepin olti kishini, jumladan, professorni o‘ldirgan va yana uch qizni yaralagan. U doskaga “axlat” deya yozib, auditoriyani tark etgan.

    Foto: Werepstem

    Foto: Werepstem

    Lepin ikkinchi qavat bo‘ylab barchaga o‘q uza boshlagan va uch qizni yaralagan. Jinoyatchi boshqa bir auditoriyaga bostirib kirgan va qizlarni otib tashlamoqchi bo‘lgan, ammo qurolda nosozlik yuzaga kelgan. Yigit muammoni bartaraf etgunga qadar, barcha talabalar avariyaviy chiqish yo‘li orqali xonani tark etishga ulgurgan.

    Qurolini o‘qlab olgan Lepin oldinroq chiqib ketgan auditoriyasiga qaytmoqchi bo‘lgan, ammo eshik yopiq edi va yigit uchta o‘q uzib ham uni ocha olmagan. Mergan ikkinchi qavatni tark etishdan oldin koridorda yana bir talaba qizni otib o‘ldirgan, boshqa birini esa eshik orqali o‘q uzib yaralagan.

    Lepin avariyaviy chiqish yo‘li orqali birinchi qavatga tushgan va oshxonaga kirgan — bu yerda talabalar to‘planganini ko‘rgan qotil, eshik oldidagi qizni otib tashlagan. Shuningdek, u stollardan birining ostiga yashirinib olgan qizni o‘qqa tutgan, talaba jarohatlanib, hushini yo‘qotgan, biroq omon qolgandi. Shundan keyin jinoyatchi uning tanasi ustidan sakrab o‘tib, oshxona tomondagi ikki talabaga o‘q uzgan.

    Hujum uyushtirgan shaxs uchinchi qavatga ko‘tarilib, koridorda ikki talaba yigit va bir qizni yaralagan. Soat 17:25 larda institutda o‘nlab talaba taqdimot tomosha qilib o‘tirgan auditoriyaga kirgan. Lepin barcha yigitlarga xonani tark etishni buyurgan, shundan so‘ng bir necha o‘q otib Mariz Leklerni yaralagan. Lepin qochmoqchi bo‘lgan yana ikki talabani o‘ldirishga erishgan. Auditoriyadagi partalarning ikkinchi qatoriga ko‘tarilgan Lepin stollar ostiga yashiringan bir qizni o‘ldirib, yana uch nafarini yaralagan. Yigit qurolini yana o‘qlashga tushgan. Og‘ir yaralangan Mariz Leklerning ovozini eshitib, uning tanasiga yana uchta o‘qni joylagan va “ishonch hosil qilish uchun” o‘lik jasadga bir necha bor pichoq sanchgan.

    Foto: Werepstem

    Foto: Werepstem

    Lepin auditoriyaning eng oxiriga o‘tib, qurolni uzun qishki paltosiga o‘ragan va “Jin ursin!” deya soat 17:30 larda o‘ziga o‘q uzgan.

    Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar Lepinning hamyonidan quyidagi yozuvlar tushirilgan xatni topgan: “Feministlar hayotimni buzib yuborgan. Men o‘zim uchun qasos oldim”. Shuningdek, uning yonidan 60 ga yaqin foydalanilmagan patron, bir quti sigaret va ovchilar pichog‘i topilgan. Fojia oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan va yana 14 kishi yaralangan.

    Unutilgan fojia: Bayrut kabi portlagan sovet shahri

    1978-yil 6-dekabr kuni Moskva viloyatidagi temiryo‘l stansiyasida sanoat portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ikkita katta vagon portlab ketgandi. Keyinroq aniqlanishicha, vagonlarga 120 tonnaga yaqin ammonal bo‘lgan.

    Foto: Yandeks

    Foto: Yandeks

    Moskva viloyatidagi portlash oqibatlari juda jiddiy edi. Temiryo‘l yaqinida bo‘lgan ko‘p qavatli uylar va do‘konlarning derazalari portlash to‘lqini oqibatida parchalanib ketgan. Kuchli zarbaga ko‘plab kvartiralarning nafaqat eshiklari, balki ichki devorlari ham bardosh bera olmagan, ayrim joylarda metall va shifer tomlarga zarar yetgan.

    Temiryo‘lning o‘ziga ham jiddiy zarar yetgan. Portlash oqibatida hodisa joyida diametri 60, chuqurligi 10 metrga teng ulkan o‘ra paydo bo‘lgan. Portlagan vagonlar turgan yo‘lning yonidagi temiryo‘l qismlariga ham qattiq shikast yetgan.

    “Yorqin chaqnash ro‘y berdi. Keyin gumburlash ovozi, zarba… Ikkita xonani ajratib turuvchi devorning bir bo‘lagi portlash to‘lqini oqibatida qulab tushib, o‘g‘limni bosib qolay dedi”, — eslaydi mahalliy aholi.

    Albatta, sovet an’analariga muvofiq favqulodda holat haqida gazetalar yozmagan, televideniye va radioda yoritilmagan. Fojiaga aloqador materiallarning aksariyati hozirga qadar maxfiy saqlanadi. Biroq shaharda keng ko‘lamli vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan portlashni ikkilamchi hujjatlar — Davlat sug‘urta xizmatining ma’lumotnomalari orqali o‘rganish mumkin.

    Hujjatlar matnida halokatning ko‘lami keltirilgan. “Kurovskoe shahrida ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatida 1236 ta oila, 3163 kishi istiqomat qiluvchi 62 ta davlat va xususiy turar joy binolariga zarar yetgan”.

    Favqulodda holatni surishtirish vaqtida shaharliklarni yanada ko‘proq talafotdan ikkita vaziyat qutqarib qolgani ma’lum bo‘lgan. Portlashning asosiy to‘lqini shahardan chetga — odamlar yashamaydigan janubiy tomonga ketgan. Bundan tashqari, Kurovskoye aholisining portlash energiyasining sezilarli qismini o‘ziga qabul qilgan “himoyachisi” bo‘lgan. Ammonal joylashtirilgan vagonlar va shahar o‘rtasida o‘sha kecha elektrichka joylashgandi. Portlash to‘lqini elektropoyezd va uning vagonlariga to‘g‘ri kelgani sabab, ularning katta qismi qayta tiklanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan.

    Fojia oqibatida faqat ikki kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor — vagonlarni qo‘riqlagan soqchi va temiryo‘l qozonxonasi ishchisi. Shu bilan birga, shaharning o‘nlab aholisi tibbiy yordam so‘rab, shifoxonaga murojaat qilgan. Agarda portlash kechasi emas, kunduzi sodir bo‘lganida qurbonlar soni bundan ancha ko‘p bo‘lar edi.

    Viloyat va mahalliy rahbariyat tomonidan portlash oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Dastlabki soatlardan boshlab shikastlangan uylarning aholisi yangi poliklinika va maktablar binolariga joylashtirilgan… Ertasi kuni shaharga qurilish materiallari — faner, shifer, oynalar olib kelingan. Bularning barchasi shaharliklarga bepul tarqatilgan. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ko‘p sonli ishchilar brigadalari yuborilgan.

    “Portlovchi moddalar shaharda ‘Vzrivprom’ nomi bilan mashhur korxona uchun mo‘ljallangan edi. Ularning ombori Kurovskoye stansiyasidan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda sanoat ehtiyojlari va fuqarolik mudofaasi uchun mo‘ljallangan turli portlovchi moddalar saqlangan. Ularning barchasi temiryo‘l orqali yetkazilgan, mashinalarga ortilgan va omborxona hududiga taxlangan”, — deydi mahalliy tarixchi Mixail Ribin.

    Foto: Yandeks

    Foto: Yandeks

    Uning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat sodir bo‘lgan kundan bir kun avval stansiyaga portlovchi moddalar ortilgan ikkita yopiq yuk vagoni yetib kelgan. Tekshiruv vaqtida ulardan birining eshigidagi muhr buzilgani aniqlangan. Vagon ichiga begona inson kirib, ammonal o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin degan shubha paydo bo‘lgan. Shu sababli ikkala vagonni ham stansiyaning zaxira yo‘lida ertasi kungacha qoldirishga va shubhali vaziyatni yaxshilab o‘rganishga qaror qilingan. Nazorat uchun qurolli soqchi navbatchilikka qo‘yilgan. Ammo bu yordam bermagan: kechasi muhri buzilgan vagon ichidagi moddalar portlagan. Keyin esa ikkinchi vagonda portlash sodir bo‘lgan.

    Holat bo‘yicha tergov bilan KGB xodimlari ham shug‘ullangan. Shaharliklarga sizdirilgan rasmiy versiyaga ko‘ra fojiada vagonlarni qo‘riqlagan soqchi aybdor deb topilgan. Qandaydir sababga ko‘ra erkak — qo‘riqlash idorasining xodimi o‘z qurolidan vagonga qarata o‘q uzgan. U qonunbuzarni ko‘rib qolgan yoki shunchaki ko‘ziga nimadir ko‘ringan. Nima bo‘lganda ham, tergov fikricha, quroldan uzilgan o‘q vagon devorini teshib o‘tib, ammonalning portlash reaksiyasini keltirib chiqargan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Rossiyada mushakbozlikdan kelib chiqqan yong‘in, Londonda 12 ming odam o‘limiga sabab bo‘lgan “Buyuk smog” va Moskvadagi Najotkor Masih cherkovining portlatilishi. Kun xronologiyasida 5-dekabr

    06.12.2022, 09:31   Izoh (0)   58357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi

    06.12.2022, 09:31

    Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    05.12.2022, 23:01

    “Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    05.12.2022, 22:23

    Eron davlat telekanali axloq politsiyasi yopilganini rad etdi

    05.12.2022, 21:33

    KXDR Janubiy Koreyaga “ogohlantirish” sifatida 130 ta artilleriya snaryadi uchirdi

    05.12.2022, 21:10

    Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi

    05.12.2022, 20:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.