Namangan viloyatining Pop tumanida uchta yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Viloyat IIB matbuot ximati bergan ma’lumotga ko‘ra, 15-yanvar kuni soat 16:09 da Toshkent—Osh avtomobil yo‘lining 272-kilometrida ketma-ket harakatlanayotgan, yengil alangalanuvchi yonilg‘i, ko‘mir va bo‘yoq ortilgan uchta yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelib, yuk mashinalari yonib zararlangan.
Yong‘in natijasida yuk avtomobillarida bo‘lgan uch nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir: Toshkentda KIA K5 ag‘darilib, yonib ketdi
Izoh (0)