• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Diplomatik munosabatlar tarixi, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlik. O‘zbekiston—Singapur munosabatlari qanday holatda?

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq Singapur Prezidenti Halima Yaqub va mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Shavkat Mirziyoyev Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi, tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

    Diplomatik munosabatlar tarixi

    Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Singapur respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini 1992-yil 27-dekabrda tan olgan. Diplomatik munosabatlar esa 1997-yilning 8-aprelida o‘rnatilgan. 2007-yilda Singapurda mamlakatimiz elchixonasi faoliyatini boshlagan. Ushbu davlatga ilk rasmiy tashrif 2007-yilda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Parlamentlararo munosabatlar 2009-yilda boshlangan bo‘lsa, hukumatlararo siyosiy aloqalar 2013-yildan muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Singapur BMT ga doirasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan 6 ta rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan hamda ayni vaqtda O‘zbekistonning butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh vakili sanaladi.

    Savdo-iqtisodiy hamkorlik

    2007-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Singapur Respublikasi hukumati o‘rtasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitim”ning 3-moddasiga muvofiq, o‘zaro savdoda ikki mamlakat o‘rtasida eng qulay rejim o‘rnatilgan. Tovar aylanmasi, eksport va import munosabatlari 2017-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda yil sayin yuqori dinamikani namoyish etmoqda. Eksport asosini qora metall va uning mahsulotlari, qurilish xom-ashyosi, xizmatlar sohasi va boshqalar tashkil etsa, import hajmining katta foizi xizmatlar sohasi, kauchuk, rezina va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, optik moslamalar, to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistoning barcha turdagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga ruxsat olingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Jami yig'ilgan Singapur sarmoyasi 2016-2022 yillarda 700 million dollarni tashkil etdi. 2022-yilda qator loyihalarni amalga oshirish doirasida 38 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy sarmoyaviy hamkor sifatida “Indorama corporation”ni e’tirof etish mumkin. Korporatsiya 2010-yildan buyon 650 million dollar evaziga 3 ta sarmoyaviy loyihani tatbiq qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Singapurlik hamkorlar yordamida 4 milliard dollardan ortiq mablag‘ga 15 ta yangi sarmoyaviy loyihalar ro‘yxati tuzildi. 2022-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda singapurlik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 105 ta korxona faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ulardan 61 tasi yakka tartibdagi tadbirkor, 44 tasi xorijiy korxona sanaladi. Asosiy sohalar sifatida elektrotexnika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, ta’lim, savdo, avtomobilsozlik kabilarni ta’kidlash mumkin.

    Madaniy-gumanitar hamkorlik

    O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Singapur ijodiy guruhlarining muntazam ravishda “Sharq taronalari” festivalidagi ishtirokini ta’kidlash mumkin. Bundan tashqari ta’lim sohasidagi yaqin hamkorlikning istiqbollarini e’tirof etish lozim.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2008-yildan buyon Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiali faoliyat olib boradi. 2021-yilda Singapurdagi TMC akademiyasining filiali sanalgan Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiyalari (TMC) instituti ishlab kelmoqda. Oliy o‘quv yurti kelishuviga asosan umumiy daromadning 1 foizi BMTning Orolbo‘yi hududlarida inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p partiyaviy trast fondiga o‘tkazib kelinmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Singapurning “Six Clouds” kompaniyasining ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha interaktiv onlayn dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasining 300 ta maktabi (2021-yil apreldan 2021-yil dekabrigacha), shuningdek, O‘zbekistonning 14 ta Prezident maktabi (2020-yil 1-sentabrdan 2025-yil 31- avgustgacha) uchun ishga tushirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2018-yilda Singapurning “Modern Montessori International” kompaniyasi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida Toshkent shahrida “Modern Montessori International” maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.O‘zbekiston bugungi kunda kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish yo‘nalishida ham Singapur bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2018-yildan boshlab Singapur fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz tartib joriy etilgan.

    16.01.2023, 08:24   Izoh (0)   13849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Energetika vazirligi gaz va elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar yuzasidan aholiga murojaat qildi

    15.01.2023, 23:50

    Namanganda yuk mashinalari yonib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    15.01.2023, 20:55

    Namanganda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

    15.01.2023, 19:25

    Shavkat Mirziyoyev 16-18-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi

    15.01.2023, 18:55

    Qashqadaryoda xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi

    15.01.2023, 16:55

    Buxoro turizm markazi boshqa yerda aholi va UNESCO bilan kelishgan holda qurilishi mumkin

    15.01.2023, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42

    Isroil Livanga raketalar uchirdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 8 avgust, 08:37

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.