• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Energetika vazirligi gaz va elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar yuzasidan aholiga murojaat qildi

    Energetika vazirligi sovuq kunlarda gaz va elektroenergiyaga bo‘lgan talabning oshishi, ularni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan aholiga murojaat qildi. Tegishli murojaat “O‘zbekiston 24” efirida e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

    Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

    “Respublikada sovuq haroratning keskin tushib ketishi natijasida elektr energiya va tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgan. Talabni qondirish uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi importi hajmini tezkor chora va kelishuvlar asosida maksimum darajaga oshirish hisobiga kunlik tabiiy gaz iste’molining 10 foizi hamda elektr energiyasining 8 foizi aynan qo‘shimcha import yordamida ta’minlanayotgani aytildi.

    Maksimum talabni qondirish uchun gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati yetarli bo‘lsa-da, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

    “Xususan, anomal sovuq tufayli 12-yanvarda qo‘shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat tabiiy gaz importining to‘liq to‘xtashiga va elektr energiyasi importining 20 foizga qisqarishiga sabab bo‘ldi. Energiya resurslari taqchilligi kuzatilayotgan paytda ushbu resurslarni birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun elektr energiyasi eksporti to‘xtatildi.

    Bundan tashqari, yirik sanoat korxonalariga energiya resurslarini yetkazib berish hajmi o‘rtacha 70–80 foizga qisqartirildi. Shunga qaramay, respublikaning elektr energiyasi iste’moli eng baland ko‘rsatkichga, ya’ni 250 mln kVt/soatga chiqdi. Tabiiy gazga bo‘lgan kunlik talab qazib chiqarishga nisbatan yuqoriligicha saqlanib qolmoqda”, — deyiladi murojaatda.

    Ta’kidlanishicha, 2022-yil 31-dekabr kuni cheklov kiritilmagan va kunlik elektr energiyasi iste’moli 220 mln kVt/soatni tashkil etgan. Toshkent shahrida 13-yanvar kuni elektr energiyasi iste’moli 32 mln kVt/soatdan ortib, turli sabablarga (avariyaviy holatlar va cheklovlar) ko‘ra 1 mln kVt/soat elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmagan.

    “Tabiiy gazni aholiga yo‘naltirish uchun issiqlik elektr stansiyalarida tabiiy gaz yoqish hajmi kamaytirilib, zaxiradagi mazut yoqilg‘isi rejaga nisbatan 3 barobarga ko‘p yoqilmoqda. O‘tgan kuz-qish mavsumiga nisbatan joriy kuz-qish mavsumida Chorvoq suv omborida suv sathining yuqoriligi sababli gidroelektr stansiyalar tomonidan rejaga nisbatan 170 foiz elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Gaz tanqisligi kuzatilayotgan shu kunlarda iste’molchilar xonadonlarni isitish uchun elektr qurilmalaridan keng foydalanmoqda. Natijada, birgina Toshkent shahrida kun davomida tarmoqlarda yuklamalarning ortishi hisobiga mingdan ortiq nosozliklar yuzaga keldi”, — deyilgan murojaatda.

    Nosozliklarning oldini olish maqsadida respublika bo‘ylab barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan qo‘shimcha brigadalar Toshkentga jalb qilingan.

    Energetika vazirligi vaziyatni o‘nglash, nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rayotganini qayd etdi. Vazirlik resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish uchun quyidagilarni maslahat beradi:

    — xonadonlarda bittadan ortiq elektrda ishlaydigan isitish qurilmalaridan foydalanmaslik;

    — korxonalar va tashkilotlar xodimlarini vaqtincha onlayn ish rejimiga o‘tkazish;

    — ortiqcha ko‘cha chiroqlarini, reklama ekranlari va illyuminatsiyalar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolardagi chiroqlarni o‘chirish;

    — energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarga chora ko‘rish lozim.

    Energiyani shu tariqa tejash orqali aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltirilishi aytilgan. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari kuzatilganda, 1154, 1104, 105 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘raladi.

    “Misol uchun, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida iste’molchilar tomonidan joriy kuz-qish davrida tabiiy gazdan 334 mlrd so‘mlik 3 mingta, elektr energiyasidan 135 mlrd so‘mlik 2 ming 300 ta holatda noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan”, — deyilgan murojaat so‘ngida.

    15.01.2023, 23:50   Izoh (0)   38956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda yuk mashinalari yonib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    15.01.2023, 20:55

    Namanganda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

    15.01.2023, 19:25

    Shavkat Mirziyoyev 16-18-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi

    15.01.2023, 18:55

    Qashqadaryoda xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi

    15.01.2023, 16:55

    Buxoro turizm markazi boshqa yerda aholi va UNESCO bilan kelishgan holda qurilishi mumkin

    15.01.2023, 16:37

    “O‘zgidromet” 16-yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    15.01.2023, 15:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tom Holland ishtirokidagi “O‘rgimchak odam 4” filmini suratga olish ishlari boshlandi

    Kino | 4 avgust, 15:55

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 15:42

    Armaniston hukumati Jennifer Lopesning Yerevandagi konsertiga 7 mln dollar ajratdi

    Layfstayl | 4 avgust, 15:35

    Eronda mudofaani kuchaytirishga qaratilgan kengash tuzildi

    Dunyo | 4 avgust, 15:25

    “Manchester Siti” Jeyms Makeyti uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 15:05

    Yangi Zelandiyada ayol chamadonidan 2 yashar qiz topildi

    Dunyo | 4 avgust, 15:00

    Megan Markl 44 yoshda ham go‘zal qomatga ega bo‘lishiga yordam bergan 15 ta odat

    Ayollar sahifasi | 4 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.