Ayni kunlarda O‘zbekiston, jumladan, Toshkent shahrida kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida 12—16-yanvar kunlari aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, obodonlashtirish boshqarmasi hamda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishlari mumkin.
Yuqorida osh tarqatish manzillarining kunlik ro‘yxati bilan tanishish mumkin.
Izoh (0)