O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kuzatilib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda “Qishloq qurilish bank” xabar berdi.
Bank sovuq kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishni tavsiya qiladi.
“Shuningdek, mijozlardan 24/7 ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu shoxobchalardagi bankomat, konditsioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)