• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Iqtisodiy inqiroz, kamayib borayotgan ishonch, yangi to‘siqlar. Shavkat Mirziyoyevning “Global Janub ovozi” sammitidagi nutqi

    Shavkat Mirziyoyev 12-yanvar kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida ishtirok etdi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining so‘zlagan nutqini e’lon qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Muhtaram Narendra Modi Janobi Oliylari!

    Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

    “Global Janub ovozi” sammitining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.

    Hindiston Bosh vaziri, hurmatli Modi janoblariga “Inson manfaatlariga yo‘naltirilgan taraqqiyot” mavzusidagi bugungi muloqotimizni o‘tkazish tashabbusi uchun bildirilgan hamma minnatdorchilik so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman.

    Ushbu forum Hindistonning “Dunyo – yagona oila” umumbashariy g‘oyasiga sodiq qolayotganidan yaqqol dalolat beradi.

    Ishonchim komilki, ushbu tadbirimiz xalqaro miqyosda nufuzi, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyati tobora yuksalib borayotgan Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Bugungi kunda jahon hamjamiyati turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarning keskinlashuvi hamda iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlariga duch kelmoqda.

    Biz xalqaro munosabatlarda ochiq muloqot va o‘zaro ishonchning tobora kamayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Koronavirus pandemiyasi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi masalalari hamda ekologik muammolar global taraqqiyot istiqbollariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Bunday murakkab sharoitda, ayniqsa, mamlakatlarimiz oldida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida ko‘plab yangi-yangi to‘siqlar paydo bo‘lmoqda. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Hech kim ortda qolmasligi zarur” degan asosiy tamoyili yanada dolzarb tus olmoqda.

    Shu o‘rinda Hindistonning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli va samarali aloqalarni mustahkamlashdagi faol o‘rni va rolini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlari mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi va xalqlarimizning umumiy manfaatlariga xizmat qilmoqda.

    Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

    Bugun Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Siyosatimizning markazida inson qadri va uning manfaatlarini ta’minlash eng ulug‘ maqsad va vazifa etib belgilangan.

    Taraqqiyot strategiyamizning asosiy mazmuni – qonun ustuvorligi va inson kapitalini rivojlantirish, adolatli va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Biz o‘z oldimizga yaqin kelajakda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, mamlakatimizda kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish kabi katta rejalarni qo‘yganmiz.

    Ushbu marralarga erishish uchun 2023-yil O‘zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb e’lon qilindi.

    Mamlakatimizda zamonaviy ta’lim va kasb-hunarlarni egallash imkoniyatini kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Ehtiyojmand aholi qatlamini samarali ijtimoiy himoya qilish, ularni malakali va sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Biz ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni izchil davom ettirish yo‘lida xalqaro sheriklar bilan yaqin hamkorlik uchun doimo ochiqmiz.

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    O‘zbekiston Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligini va uning doirasida ilgari surayotgan ustuvor maqsad va ezgu intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

    Uchrashuvimiz kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha quyidagi amaliy takliflarni bildirmoqchiman.

    Bugungi kunda mavjud xalqaro savdo tizimini takomillashtirishimiz zarur. Buni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Bu jarayonda “Global Janub ovozi” albatta e’tiborga olinishi kerak – rivojlanayotgan mamlakatlarning salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratilishi lozim.

    Afsuski, asosiy bozorlarga chiqishda mamlakatlarimiz hamon turli to‘siq va cheklovlarga duch kelmoqda.

    Davlatlarimiz sanoat va agrar sohada katta salohiyatga, yirik ichki bozorlarga ega ekanini inobatga olib, global darajada adolatli raqobat muhitini yaratish masalasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhimdir.

    Bundan tashqari, rivojlanayotgan davlatlarning energetika va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, global logistika va qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish, investitsiya va eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda ko‘maklashish masalalari jahon sammiti kun tartibidan o‘rin olishi kerak, deb hisoblaymiz.

    Yana bir strategik masala. Yevroosiyo mintaqasidagi asosiy transport arteriyalaridan biri bo‘lgan “Shimol-Janub” xalqaro yo‘lagini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Biz Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishga qaratilgan, Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘lni qurish loyihasini faol ilgari surmoqdamiz. Hamkorlarimizni ushbu o‘ta muhim loyihada ishtirok etishga taklif qilamiz.

    Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish sharoitida taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi katta texnologik farq o‘sib bormoqda.

    Biz jahonning yetakchi davlatlari ko‘magida “Global Janub” uchun yashil texnologiya va innovatsiyalar axborot bankini yaratish vaqti keldi, deb o‘ylaymiz.

    Navbatdagi dolzarb masala – inson kapitalini rivojlantirish va professional ta’lim sifatini oshirishdir. Biz Hindiston bilan ta’lim sohasida hamkorligimizni jadal olib borishdan manfaatdormiz.

    Hurmatli hamkasblar!

    Inson manfaatlariga yo‘naltirilgan taraqqiyot zaminida aynan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash masalasi asosiy o‘rin egallashi lozim.

    Iqtidorli yoshlarimizni iqlim o‘zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, muqobil energetika, raqamlashtirish va boshqa ustuvor sohalardagi milliy va xalqaro dasturlarni ishlab chiqishga keng jalb etishimiz kerak.

    Shundan kelib chiqib, mamlakatlarimiz o‘rtasida “Janub yoshlari ovozi” doimiy muloqot platformasini tashkil etish taklifini ilgari surmoqchiman.

    Hurmatli hamkasblar!

    Bugungi kunda dunyoda avj olayotgan turli to‘qnashuvlarning salbiy oqibatlari birinchi galda rivojlanayotgan mamlakatlarda sezilmoqda.

    Ishonchim komilki, qadrli birodarim Narendra Modi ta’biri bilan aytganda, “Budda va Gandi Vatani” bo‘lmish Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi doirasida global miqyosdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun yangi-yangi taklif va g‘oyalar dunyo hamjamiyatiga taqdim etiladi.

    O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda ilgari surayotgan Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro muloqot guruhini shakllantirish taklifini qo‘llab-quvvatlaysizlar, deb umid qilaman.

    Hurmatli do‘stlar!

    Biz Hindistonning rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini xalqaro miqyosda samarali himoya qilish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlariga hamisha ko‘makdoshmiz.

    Hech shubhasiz, bugungi barcha taklif va tashabbuslar inson manfaati va barqaror taraqqiyot maqsadlariga xizmat qiladi.

    Fursatdan foydalanib, do‘st Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayrami – Respublika kuni bilan chin dildan samimiy tabriklayman.

    E’tiboringiz uchun rahmat, — degan davlat rahbari.

    12.01.2023, 19:31   Izoh (0)   15032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors avtomobillari narxi oshirilishi aytilmoqda

    12.01.2023, 18:45

    Xorazmda ham maktab va bog‘chalar uchun ta’til muddati 16-yanvargacha uzaytirildi

    12.01.2023, 18:25

    “O‘zbekistonda oxirgi 20 yillikdagi eng sovuq harorat kuzatilmoqda” — iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan suhbat (video)

    12.01.2023, 17:50

    Qoraqalpog‘istondagi ta’lim muassasalarida ta’til 16-yanvargacha uzaytirildi

    12.01.2023, 17:21

    O‘zbekiston Bosh konsulligi fuqarolardan ob-havo yaxshilanmaguncha Qozog‘iston bo‘ylab transportda harakatlanmaslikni so‘radi

    12.01.2023, 16:52

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    12.01.2023, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.