• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 12-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 12-yanvarda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Sovuq ob havo Rossiya-Ukraina hujumlarini to‘xtatmoqdami?

    So‘nggi kunlarda Ukrainaning sharqiy qismida hukm surayotgan sovuq ob-havo og‘ir harbiy texnikadan foydalanishni ko‘paytirishga sabab bo‘lmoqda, chunki yerlar qattiq muzlagan. Biroq Bloomberg agentligining yozishicha, uzoq sovuq paytida na Rossiya, na Ukraina tomonidan hujumlar sodir bo‘lishi mumkin —sovuq tufayli dronlar va radiostansiyalarning batareyalarini ikki baravar tez o‘qlashga to‘g‘ri keladi, ko‘rish darajasining yomonlashuvi esa dronlarni artilleriyani razvedka qilish va boshqarish uchun yaroqsiz holga keltirmoqda.

    Yerning muzlashi g‘ildirakli va izli transport vositalaridan foydalanishning ko‘payishiga imkon bergan bo‘lsa-da, bunday havo yangi hujumni tashkil qilishdan oldin qo‘mondonlar e’tiborga olishi kerak bo‘lgan ko‘plab omillardan biridir, deb yozadi Bloomberg Londondagi Qirollik Birlashgan Xizmatlar Instituti tahlil markazi xodimi Ed Arnoldga tayanib.

    2023-yil boshidan buyon G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirdi. Yangi turdagi qurollarni yetkazib berishdan tashqari, g‘arb instruktorlari tomonidan o‘qitilayotgan ukrainalik harbiylar soni ham ortmoqda. Bundan tashqari, Polsha xalqaro koalitsiya tarkibida Kiyevga 14 ta Leopard 2 tankini yetkazib berishini ma’lum qildi.

     Ukrainaga g’arb tanklarini yuborish masalasida Berlin xalqaro bosim ostida  qoldimi?

    Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga tanklar yetkazib berish masalasida AQSH prezidenti Jo Baydenning pozitsiyasidan kelib chiqadi. Bu haqda Politico nashri Germaniyadagi manbalariga tayanib yozmoqda.

    Avvalroq ikki mamlakat yetakchilari jangovar piyoda mashinalarini yuborish bo‘yicha o‘z qadamlarini muvofiqlashtirib olgan edi. Shols shu hafta Berlindagi hududiy saylovoldi mitingda Leopard tanklarini yetkazib berish “do‘stlar va ittifoqdoshlar, ayniqsa, bizning transatlantik sherigimiz, AQSH bilan” muhokama qilinishi kerak, degan edi.

    Politico qayd etishicha, kanslerga Londonning Kiyevga Challenger 2 tanklarini yuborish qarori bosim o‘tkazmoqda — Buyuk Britaniya Ukrainaga G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklarni beradigan birinchi mamlakatga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, Polsha Ukrainaga Germaniyada ishlab chiqarilgan tanklarni yetkazib berishini e’lon qilib bo‘ldi.

    Avvalroq Pentagon Ukrainaga Amerikada ishlab chiqarilgan Abrams tanklarini yubormasligini aytib, buni ular ko‘p yonilg‘i sarflashi va ulardan foydalanish qiyinligi bilan izohlagandi.Bu tanklar ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Ispaniya, Polsha, Gretsiya, Daniya va Finlyandiyada ham bor. Ammo ularni Myunxendagi Krauss-Maffei Wegmann kompaniyasi ishlab chiqaradi, shu sababli ularni Ukrainaga yetkazib berishda ishlab chiqaruvchi mamlakatning reeksport uchun ruxsati kerak, shu munosabat bilan hozir “xalqaro bosim Berlinga qaratilgan”, deb yozgandi avvalroq Politico.

    Janubiy Koreya o‘z hududida xorijiy yadro qurolini joylashtirishi yoki o‘z yadrosini ishlab chiqishi mumkin

    Janubiy Koreya, agar KXDR bilan munosabatlardagi vaziyat yomonlashsa, o‘z hududida xorijiy yadro qurolini joylashtirishi yoki o‘z yadrosini ishlab chiqishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning “Newsis” axborot agentligi.

    Bu haqda Yun Sok Yol Janubiy Koreya mudofaa va tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda gapirdi. Vazirlarning hisobotini tinglab, prezident Seulga hujum qilingan taqdirda “100 va hatto 1000 baravar katta ko‘lamda” javob qaytarish uchun shunday harbiy kuch yaratishni buyurdi.

    Yanvar oyi boshida Yun Suk Yol Seul va Vashington Amerika yadroviy qurollari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etish imkoniyatini muhokama qilayotganini aytgan. “Yadro qurollari AQSHga tegishli bo‘lsa-da, razvedka ma’lumotlarini almashish, rejalashtirish va mashqlar birgalikda amalga oshirilishi kerak”, — degan prezident.

    Yun Sok Yolning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bu tashabbusga ijobiy qaramoqda. Mashg‘ulotlar esa Janubiy Koreyaga KXDRdan kelayotgan yadro tahdidiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishi kerak. Ushbu vaziyatda KXDR rahbari Kim Chen In Seul va Vashington o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini “katta xato” deb atamoqda.

    O‘zbekistondagi barcha gaz zapravkalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, anomal sovuq ob havoda tabiiy gaz aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkaziladi.

    Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz zapravkalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, Respublika bo‘yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.

    Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘riladi. Shu maqsadda ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi.

    Shuningdek, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi.

    12.01.2023, 22:02   Izoh (0)   11015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Harbiylar jasadi bilan to‘lgan”: Soledardagi vaziyat qandayligi ma’lum qilindi

    12.01.2023, 21:28

    “Rossiyadan namuna olib”. Belarusda “Vagner” guruhining analogi yaratilyaptimi?

    12.01.2023, 21:04

    Dunyoning jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlari e’lon qilindi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

    12.01.2023, 19:29

    Rossiyada Ukrainaga qarshi jang qilishni xohlamagan askar 5 yilga qamaldi

    12.01.2023, 19:04

    JSST “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari haqida ogohlantirdi

    12.01.2023, 18:04

    Shahzoda Garri Afg‘onistonda toliblarni o‘ldirgani haqidagi gaplarini izohladi

    12.01.2023, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.