Belgiya futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasini boshqarishga da’vogar bo‘lganlar ro‘yxatini tuzmoqda.
Het Nieuwsblad nashrining xabar qilishicha, ushbu lavozimga nomzodlardan biri Saudiya Arabistonini JCH—2022 ga olib borgan Erve Renar bo‘lib turibdi. Fransiyalik mutaxassis saudiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi bo‘lishiga qaramay, o‘z ishini o‘zgartirishga tayyor.
Shuningdek, “Standard” klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlayotgan Mishel Pryudomm ham nomzodlar qatorida.
Avvalgi murabbiy Roberto Martinesning assistenti hisoblangan Tyerri Anrining nomzodi favoritlar qatorida emas. Shuningdek, fransiyalik mutaxassis o‘z nomzodini ilgari surgan yoki buni istamagani ham noma’lum.
Renar faoliyati davomida Zambiya, Angola, Kot-d’Ivuar va Marokash kabi terma jamoalarni boshqargan. Yevropada esa “Draginyan”, “Sherbur”, “Sosho” hamda “Lill” kabi klublarda ishlagan.
Izoh (0)