Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining JCH—2026 dagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Buning imkoniyati bor deb o‘ylayman, garchi ko‘p jihat uning xohishiga bog‘liq bo‘lsa ham. Hammasi bu vaqt ichida nimalar sodir bo‘lishi, u o‘zini qanchalik yaxshi his qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Uning uchun eshiklar doim ochiq. Messi maydonda baxtiyor, biz uchun ham uning borligi yaxshi”, — deydi Skaloni.
Messi JCH—2026 bo‘lib o‘tadigan yilda 39 yoshda bo‘ladi.
Izoh (0)